Agent: "Xakimi "Inter"ga Konte sabab o'tdi"
28 apr 2021 13:00
Yangiliklar
Agent: "Xakimi "Inter"ga Konte sabab o'tdi"
"Inter" himoyachisi Ashraf Xakimining agenti Alexandro Kamano mijozining Milan klubiga o'tgani haqida gapirdi.
"Xakimining diqqati "Inter"dagi ishtirokiga qaratilgan, ko'plab klublar Ashraf bilan shartnoma imzolamoqchi edilar, ammo u Konte sabab "Inter"ni tanladi. Bu futbolchining kuchli tomonlarini ochishi mumkin bo'lgan murabbiy", - deydi Kamano.
Marokash terma jamoasining 22 yoshli himoyachisi joriy mavsum "Inter" libosida barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Xakimining Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar