Agent Janning transferidan 16 mln. evro ishlab olgan ekan
04 mar 2019 15:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480858_original.jpg)
![](/upload/storage/480858_220.jpg)
Agent Janning transferidan 16 mln. evro ishlab olgan ekan
Italiyaning Tuttosport nashri "Yuventus" 2018/19 mavsumning birinchi qismida o'z futbolchilarining agentlariga qancha to'laganini elon qildi.
Emre Janning Turin klubiga o'tishi qimmatga tushgan ekan. Xavbek 2018 yilning yozida erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgani uchun klub agentga 15,9 mln. evro to'lab bergan ekan.
Ikkinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu bilan ishlaydigan Jorje Mendesh turibdi. Forvard ham yozda "Yuventus"ga o'tgandi. Italiyaliklar transfer uchun "Real"ga 100 mln. evrodan ko'proq, Mendeshga esa 11,5 mln. evro to'lagan.
Kuchli uchlikni Miralem Pyanichning agenti yakunlab berdi. U futbolchi bilan shartnoma uzaytirishdagi mehnati uchun 2,2 mln. evroga ega bo'ldi. "Yuventus" umumiy hisobda rasmiy vakillarga 37 mln. evro to'lab berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar