Agent: "Ibragimovich "Milan"ga qaytadi deb o'ylamayman"
30 may 2015 10:17
Yangiliklar


Agent: "Ibragimovich "Milan"ga qaytadi deb o'ylamayman"
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola "Milan" prezidenti Silvio Berluskonining shved to'purari rossonerlar safiga qaytishi haqidagi so'zlariga izoh berdi.
"Berluskoni Ibragimovich "Milan"ga qaytishi mumkin dedi? Hozirgi sharoitda hech qaysi yulduz Italiyaga qaytmaydi. Silvio tomonidan bunday so'zlarni eshitishdan xursandman, ammo bu amalga oshadi deb o'ylamayman" - deydi Rayola.

Fikrlar