Agent: "Eriksenga "Real" va MYU qiziqishi - bu doimo maqtov"
28 fev 2018 15:31
Yangiliklar


Agent: "Eriksenga "Real" va MYU qiziqishi - bu doimo maqtov"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning agenti Martin SHutsning fikricha, "Real" va "Manchester Yunayted" borasidagi mish-mishlar futbolchi o'sayotganidan darak beradi.
"Mish-mishlarga izoh bermayman. Ammo "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi klublar yodga olinsa, bu doimo maqtov. Kristian 14 yoshga to'lganidan so'ng unga yirik klublar qiziqa boshlagan.
Avvaliga "CHelsi", "Milan" va "Barselona", endi esa har transfer oynasi taklif va qiziqishlarsiz o'tmayapti. Matbuot barcha klublar haqida bilmaydi. Eriksen - ko'p gapirishni yoqtiradigan yigit emas. U doimo oyoqlari hammasini tushuntiradi" - deydi agent.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar