So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  0 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Agar "Paxtakor" va AGMK OCHLda guruhdan chiqa olmasa, murabbiylar istefosi ro'y beradimi? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

Agar "Paxtakor" va AGMK OCHLda guruhdan chiqa olmasa, murabbiylar istefosi ro'y beradimi? (So'rovnoma yakunlari)

Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi yakuniga etishiga 2ta tur qoldi.

Ushbu turnirda O'zbekiston nomidan ishtirok etayotgan AGMK va "Paxtakor" to'rttadan o'yinda maydonga tushdi. AGMK 4 ochko bilan guruh jadvalining oxirgi o'rnida boryapti. "Paxtakor" esa 3 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi. 

Navbatdagi ikki turga ko'p narsa bog'liq. CHunki bunda jamoalarimizning keyingi bosqichga chiqish-chiqmasligi malum bo'ladi. "Paxtakor" bugun Eronning "Traktor" klubi bilan o'ynaydi va oxirgi turni Iroqning "Eyr Fors" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

AGMK esa ertaga "Al Hilol" bilan kuch sinashib, yakuniy turda Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ko'rinib turibdiki, har ikki jamoa uchun guruhdan chiqish oson bo'lmaydi. 

Telegram kanalimizga "Agar "Paxtakor" va AGMK OCHLda guruhdan chiqa olmasa, murabbiylar istefosi ro'y beradimi?" mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. Bugun so'rovnoma natijalarini elon qilamiz. Variantlar esa quyidagicha edi:

1. Faqat "Paxtakor" murabbiyi ketadi

2. Faqat AGMK murabbiyi ketadi

3. Ikkala jamoada ham murabbiy o'zgaradi

4. Yo'q, hech qanaqa istefo bo'lmaydi

5. Menga farqi yo'q


Berilgan variantlar orasida eng ko'p ovoz to'plagan "Yo'q, hech qanaqa istefo bo'lmaydi" varianti bo'ldi. So'rovnomada ishtirok etgan 10 mingdan ziyod muxlisning 49 foizi mana shu variantda to'xtalgan. Bu degani ko'pchilik har ikki klub guruhda qolib ketgan taqdirda ham murabbiylar o'zgarmasligini taxmin qilyapti. Bizningcha ham mana shunisi haqiqatga yaqin bo'lsa kerak.

"Faqat "Paxtakor" murabbiyi ketadi" varianti 27 foiz bilan ikkinchi bo'ldi. Balki shunday bo'lishi ham mumkin. CHunki "Paxtakor" o'tgan yil OCHLda chorak finalga qadar borgandi. Muxlislar bu mavsum ham kamida shunday natijani kutgan bo'lishsa kerak. "Paxtakor"ning yil boshida murabbiy borasida bir to'xtamga kelishi qiyin bo'ldi. CHunki SHota Arveladze ketadimi-qoladimi, birdaniga aniq bo'lmagandi. Qolaversa Arveladze ketganidan so'ng klub rahbariyati birdaniga yangi murabbiyni tayinlamadi. Hozirda jamoani Piter Xyuistra boshqarmoqda va ushbu mutaxassisga yil oxirigacha imkoniyat berilishi ham mumkin. 

So'rovnomada qatnashganlarning 19 foizi "Menga farqi yo'q" variantida to'xtalgan. Bu esa ayrimlar uchun buning qizig'i yo'qligini bildiradi. Taxminimizcha, boshqa klublarning muxlislari shunday variantni belgilashgan. 

"Ikkala jamoada ham murabbiy o'zgaradi" varianti 4 foiz ovoz to'plagan bo'lsa, so'rovnoma ishtirokchilarining atigi 1 foizi "Faqat AGMK murabbiyi ketadi" degan taxminga borishgan. Bundan esa jamoa qanday natija qayd etmasin, Mirjalol Qosimov baribir o'z o'rnida qoladi degan to'xtamga kelish mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика