Agar "Napoli" Kulibalining narxini tushirmasa, "Man Siti" Ximenes yoki Diego Karlosni xarid qiladi
16 sen 2020 23:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592637_original.jpg)
![](/upload/storage/592637_220.jpg)
Agar "Napoli" Kulibalining narxini tushirmasa, "Man Siti" Ximenes yoki Diego Karlosni xarid qiladi
"Manchester Siti" markaziy himoya poziciyasini kuchaytirmoqchi.
The Guardian nashrining yozishicha, ingliz klubi "Sevilya"dan Diego Karlos va "Atletiko"dan Xose Ximenesni zaxira variant sifatida olib qo'ygan. "SHaharliklar" Italiya klubi tomonidan Kalidu Kulibali uchun o'rnatilgan 80 million evro juda qimmat deb hisoblashmoqda.
"Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ximenes va Karlosning iqtidoriga tan bergan. Agar "Napoli" Kulibali transferiga qo'yilayotgan talablarni pasaytirmasa, ingliz klubi yuqorida nomlari keltirilgan ikki himoyachidan birini sotib olishga harakat qiladi.
Oldinroq "Siti" Ximenes uchun 89 + 5 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar