Agar Nagelsmann klubning transferlariga aralashmasa, “Tottenxem”ni boshqarishdan voz kechadi
25 apr 2023 10:03
Yangiliklar


Agar Nagelsmann klubning transferlariga aralashmasa, “Tottenxem”ni boshqarishdan voz kechadi
Germaniyalik murabbiy Yulian Nagelsmann “Tottenxem”ni boshqarishga rozi bo'lishi uchun shartlarini malum qildi.
"Independent" xabariga ko'ra, 35 yoshli murabbiy joriy mavsum yakunlangandan keyingina ish boshlashni va klubning transfer kelishuvlarida so'nggi so'zni aytishni istaydi.
Eslatib o'tamiz, Omadsiz mavsumdan so'ng Antonio Konte istefoga chiqarilgandi. Keyinchalik vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajarishi lozim bo'lgan Kristian Stellini ham “Nyukasl Yunayted”dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgandi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 14
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar