Agar Mourino "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylansa "CHelsi" unga 2 mln. evro to'lashi mumkin
24 dek 2015 11:10
Yangiliklar
Agar Mourino "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylansa "CHelsi" unga 2 mln. evro to'lashi mumkin
Agar Joze Mourino joriy mavsumda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylansa ham "CHelsi" uning mavsum oxirigacha belgilangan maoshini to'lab beradi.
Avgust oyida ko'klar murabbiy bilan yillik maoshi 13 mln. evro bo'lgan yangi shartnoma imzolagan edi, MYU portugaliyalik mutaxassisga 8 mln. evrolik maosh taklif qilmoqda. "CHelsi" va Mourino shartnomani bekor qilayotib, agar Joze yangi klub ustoziga aylansa ham yil oxirigacha maoshini olishi kerakligi borasida kelishib olishgan. SHunday qilib, agar Joze Lui van Galning o'rnini egallasa, londonliklar unga 2 mln. evro to'lab beradi.
Fikrlar