Agar koronavirus bo'lmaganida O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshlar edi...
25 may 2020 17:26
Yangiliklar


Agar koronavirus bo'lmaganida O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshlar edi...
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi tufayli O'zbekiston Superligasi bahslari 3-turdan keyin to'xtatilgan.
Agar ushbu virus bo'lmaganida shu kunlarda Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz yig'in boshlagan bo'lar edi. Taqvim bo'yicha 24 may kuni Superliganing 11-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tishi kerak edi.
4 iyun kuni Toshkentda Singapur mehmon bo'lishi, 9 iyunda esa futbolchilarimiz Saudiya Arabistoniga borishlari kerak edi. Terma jamoalar o'yinlari hozircha nomalum muddatga qoldirilgan, Superliga bahslari esa tez orada qaytishi mumkin.
Siz ham Superligani sog'indingizmi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar