So’nggi yangiliklar

08:09Гвардиола «Сити»нинг муваффақиятсизликларига олиб келган хатосини айтди  0 07:38Суперлига. Бугун 3 та баҳс бўлиб ўтади  0 06:20Суперлига. "Насаф" "Хоразм"ни енголмади, "Бунёдкор" эса дарвозабоннинг қўпол хатоси сабабли ютқазди  7 02:00Қизиқарли ҳолат: ПСЖдан 19 метр узоқдаги жамоа Лига 1'га чиқди  8 01:54АПЛ. Де Брюйненинг ягона голи "Манчестер Сити"га ғалаба келтирди  38 01:21"Ливерпуль" Трентни "Реал"га қўйиб юборишга тайёр, фақат бир қанча шартлар билан  2 00:41Саудия Арабистони. "Ал Файҳа" асосий рақобатчисини мағлуб қилди ва "учиб кетиш ҳудуди"дан узоқлашди  0 00:15Лаутаро Мартинесда ҳали имкон бор  0 23:43Илёс Зейтуллаев: "Ютганимизда бугун қаҳрамон бўлар эдик"  7 23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  3 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  33 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  21 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0

Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi Yangiliklar

Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi

Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov bugun "Sog'lom avlod" stadioniga tashrif buyurib, u erda "Andijon" jamoasi azolari bilan uchrashib, ertangi muhim o'yin oldidan ruhan dalda berdi.

Etiborlisi SHuhratbek Qo'shaqboevich jamoa azolari bilan uchrashuvi chog'ida futbolchilarning har biri bilan alohida suhbatlashib, har qanday muammosini hal etishga vada berib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. Bu esa "Nasaf"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa azolariga yuqori kayfiyat bag'ishladi.

Andijonlik tajribali himoyachi Bobir Akbarov yig'ilishda so'z olib, xorij klubiga o'tmaganidan hozirda afsusda emasligini aytib, viloyat hokimining bunday etiboridan butun jamoa mamnun ekanligini, boshqa klublarda viloyat hokimi bilan bu kabi dildan suhbatlashish imkoni yo'qligini bildirdi. SHuningdek Akbarov Andijon viloyati hokimidan jamoa tarbiyalanuvchisi Farhod Bekmurotovga bitta "Jentra" avtomashinasini sovg'a qilishini iltimos qildi. O'z navbatida SHuhratbek Qo'shaqboevich ham bunga javoban, mutasaddilarga bu borada topshiriq berib, ertaga agarda Andijon g'alaba qozonsa, uchrashuvdan so'ng stadionning o'zida Bekmurotovga "Jentra" avtomashinasi sovg'a qilinishini, uning kalitini aynan Bobir Akbarovning o'zi topshirishini kafolatladi.

Yig'ilish so'nggida Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov jamoa azolari bilan maydonga chiqib kelib, ularni yana bir bor ruhlantirdi va ertangi o'yinga yaxshigina pul mukofoti bilan kirishini alohida takidlab o'tdi. Tabiiyki viloyat hokimining bu kabi etibori jamoa azolarini to'lqinlantirib yubordi.

Ertaga Andijonda haqiqiy futbol bayrami bo'lishi kerakligi uchun viloyat hokimi masul shaxslarga bir qator topshiriqlarni berdi.

Eslatib o'tamiz, ertaga "Andijon" - "Nasaf" o'yini "Sog'lom avlod" stadionida soat 17:00da boshlanadi. Undan oldin esa stadionda katta koncert dasturi bo'lib o'tadi. Unda estradamizning yorqin yulduzlari o'zlarining diltortar qo'shiqlari bilan stadionga kelganlarga yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qiladi.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика