"Agar buni atayin qilganimda, u o'rnidan qaytib turmasdi": Albiol Vinisiusga tirsagi "tegib ketgani" haqida
14 fev 2022 11:07
Yangiliklar
"Agar buni atayin qilganimda, u o'rnidan qaytib turmasdi": Albiol Vinisiusga tirsagi "tegib ketgani" haqida
Raul Albiol shunday usulda raqiblarini ogohlantirib qo'ymoqchimi?
La Liga oxirgi turida "Vilyarreal"ga qarshi bahsda Vinisius Junior vaziyatlar birida Raul Albioldan zarba qabul qilib oldi. Bu voqea jarima maydonchasi o'rtasida bo'lganiga qaramay, hakam barchasi joyidaligini ko'rsatdi.
O'yin yakunlangach, Albioldan "Real" vingeriga atayin zarba berdimi yoki yo'qligi borasida so'rashdi.
"Aytyapmanku, agar men unga zarba berishni istaganimda, u o'rnidan qaytib turmasdi", — dedi Albiol Movistar"ga bergan intervyusida.
Aslida yana bir erizodda raqib braziliyalikning yuziga qo'li bilan zarba bergandi. Dani Parexo standart vaziyatda hamkasbini shu usulda to'xtatib qo'ya qoldi.
Referi yaqin nuqtada turganiga qaramay, bu safar ham himoyalanayotgan futbolchi qoidani buzmadi deb hisobladi.
Fikrlar