Agar "Barselona" prezidentlik saylovlari hozir bo'lganida, Bartomeu g'alaba qozongan bo'lar edi
30 iyu 2015 14:16
Yangiliklar
Agar "Barselona" prezidentlik saylovlari hozir bo'lganida, Bartomeu g'alaba qozongan bo'lar edi
Ispaniyaning "Marca" gazetasi o'z o'quvchilari o'rtasida "Barselona"ning yangi prezidenti kim bo'lishi haqida so'rov o'tkazdi.
Natijalarga ko'ra, klubning vaqtinchalik prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ovoz berishda g'alaba qozondi.
Asosiy kurash Bartomeu va klub sobiq prezidenti Joan Laporta o'rtasida kechdi. Bartomeu uchun 35,7%, Laporta uchun echa 27,5% muxlis ovoz berdi.
Ispan grandidagi prezidentlik uchun saylov 18 iyulda bo'lib o'tadi.
Fikrlar