Agar "Barselona" Koutinoni sotib olsa, Rakitich jamoadan ketadi
Tolibjon Qosimov
15 noya 2017, 19:36
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich klub "Liverpul" futbolchisi Filippe Koutinoni sotib oladigan bo'lsa jamoadan ketmoqchi.
Buni "Daily Mail" tasdiqladi. Manbaning xabar berishicha, xorvat futbolchisi asosiy tarkibdagi joyini yo'qotmoqchi emas. Shuning uchun u yangi klub qidirmoqda. Keltirilishicha, Rakitich Koutino transferining bir qismiga aylanishi ham mumkin.