So’nggi yangiliklar

17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  1 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  1 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  14 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8 11:47Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи Котрина Кулбите: "Осиё Кубогида осон рақиблар бўлмайди"  5 11:08"Насаф" ёзги трансфер ойнасини қандай ўтказди? Скаут мулоҳазаси  6

Agamurodov va futbolchilar "Dinamo" muxlislari bilan uchrashishdi Yangiliklar

Agamurodov va futbolchilar "Dinamo" muxlislari bilan uchrashishdi

2 aprel, payshanba kuni Dinamo markaziy stadioni anjumanlar zalida Dinamo jamoasi azolari va muxlislar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Norasmiy ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda Dinamo bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov, klub sport direktori Rustam Istamov hamda futbolchilardan jamoa sardori Andrey Melnichuk, Aziz Ibragimov va Avaz Agalievlar ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad Dinamo klubi va muxlislar o'rtasida yaqin aloqani o'rnatish va har bir masalada o'zaro fikr almashishdan iborat edi. Jumladan, shu kuni uchrashuvga taklif etilgan 30 ga yaqin ashaddiy muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan bosh murabbiy Tachmurod Agamurodov va futbolchilarga murojaat etishdi. Bu borada murabbiy va futbolchilar ham ishqibozlarning hech bir savolini javobsiz qoldirishmadi.

Biz klub va muxlislar o'rtasida hech qanday to'siq bo'lishini istamaymiz. SHu bois muxlislar bilan uchrashib, jamoaning holati, klub vazifalari va oldida turgan muammolari haqida atroflicha ochiq muloqotlarni o'tkazib turish faqat jamoaning foydasiga ishlaydi - deydi bosh murabbiy.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuv uchun jamoa azolariga minnatdorchilik bildirgan muxlislar, jamoa va ishqibozlar o'rtasida ko'prik vazifasini bajaruvchi bunday yig'ilishlarni tez-tez o'tkazib turishga kelishib olishdi. Uchrashuv so'ngida muxlislar Dinamo jamoasiga Qizilqum bilan o'yinda omad tilab qolishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика