So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Afzal Azizov: "Oliy ligada o'ynashni sog'indim" Yangiliklar

Afzal Azizov: "Oliy ligada o'ynashni sog'indim"

Oliy ligaga qaytgan Andijon jamoasi ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish ishlari boshlashga shay turibdi.
  Malumki, Azamat Abduraimov shogirdlari birinchi liga bahslarida yuqori notada mavsumni o'tkazishdi va elitaga qaytishga asosiy davogarlardan biri ekanliklarini namoyish qildi. Endilikda, jamoamiz oliy ligada ham yuqori parvozlarni amalga oshirishni ko'zlab turibdi. Kuni kecha jamoamiz sardori Afzal Azizov “Futbol ekspress” gazetasiga intervyu berdi.
  - Afzal aka, Andijonkelgusi mavsumda yana oliy ligada to'p suradi. Klub qachondan mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlashi kutilmoqda?
  - Bizga malum qilinishicha, 15 dekabr kunidan boshlab, jamoamiz Andijonda to'planadi va bir haftalik yig'in tashkil qilishni o'ylab turibdi. Yangi yilga qadar bo'ladigan o'quv yig'in mashg'ulotlari jarayonida, tibbiy ko'rikdan o'tish va jismoniy holatimizni qaytarishga qaratilgan mashqlarni olib borishadi. Yanvar oyidan esa poytaxtda to'planib, tayyorgarlikni kuchaytiramiz. Hozircha bilganlarim shu. Hali rahbariyat tayyorgarligimiz qay tariqa bo'lishi va nimalar qilish kerakligini aytishadi.
  - Nima deb o'ylaysiz, klubingiz tayyorgarlikni xorij mamlakatida ham olib borishi mumkinmi?
  - Endi bunisiga aniq javob bera olmayman. Buni klub rahbariyati va murabbiylar shtabi biladi. Agar xorijda yig'in o'tkazganimizda, juda yaxshi bo'lardi. SHunday bo'lgan taqdirda ham fevral oylariga borib, amalga oshirilsa kerak. Klub imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ish tutadi.
  - Yakunlangan mavsum xususida yakuniy fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
  - Nima deyishim mumkin? Jamoamiz oliy ligaga chiqishni maqsad qilganligi sababli, boshqa klublarga nisbatan ko'proq ochkolarni to'plashga kirishdi. To'g'risi, o'z mintaqamiz bellashuvlarida bir qator qiyinchiliklarga duch keldik. Oqtepa va CHust-Paxtakor jamoalariga imkoniyatlarni boy berib qo'ydik. Ikkinchi bosqichda yanada bizga kuchli raqiblar ro'baro' kelishini sezgandik. SHunga qarab, tayyorgarlikimizni kuchaytirishni o'ylab qo'ygandik. Xudoga shukrki, mavsum poyoniga etmay turib, oliy ligaga chiqish vazifasini udallay oldik. Umuman olganda, tarkibdagi futbolchilar birinchi ligada o'ynab, biroz tajriba to'pladi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib ulgurishdi. Qolaversa, turli hil maydonlarda to'p surdik. SHu holat ham jamoamizga qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Baribir, tajriba o'z so'zini aytmasdan qolmadi. Bizda ko'plab mahoratli futbolchilar borligi muhim o'yinlarda asqotdi.
  - Avvalgi yilda ham birinchi ligada to'p surgandingiz. Faoliyatingiz davomida sizni ko'proq oliy liga jamoalarida ko'rishga odatlangan edik. Aytingchi, ikki mavsum quyi ligadagi faoliyatingiz borasida nimalarni ayta olasiz?
  - Avvalgi mavsumda men Toshkentning NBU-Osiyo klubida harakat qilgandim. Bu yil esa “Andijon” bilan birinchi ligada faoliyat ko'rsatdim. SHuni aytishim mumkinmi, quyi ligada o'ynab, o'zimga kerakli ko'p jihatlarni oldim. Yoshimdan kelib chiqib, aytsam liga menga yoqdi. Turli futbol guvohi bo'ldim. Biroq, oliy bilan quyi ligani o'zaro solishtirib bo'lmas ekan. Elita baribir kuchli.
  - Oliy ligada to'p surishni sog'inib qolgan bo'lsangiz kerak?
  - Albatta, kuchlilar orasida to'p surishni istayapman. Ikki yillik faoliyatimni quyi ligada o'tkazgan bo'lishimga qaramay, bundan xursandman. Nasib qilsa, oliy ligada o'ynash va jamoaga ko'proq foydam tegishini o'ylab turibman. SHu paytgacha, elitaning turli klublarida o'ynadim. Yana shunday imkoniyat paydo bo'lmoqda va bundan oqilona foydalanib qolishni hohlayman.
  - Faoliyatingiznii tugatishni o'ylayapsizmi yoki yana bir necha mavsum o'ynashni ko'zlamoqdamisiz?
  - Hozir va avval ham aytganman, kuchim etishiga ko'zim etar ekan, maydonda o'ynash istayman. Hozircha faoliyatimni tugatishni rejallashtirganim yo'q. Hali futbol o'ynashga kuchim etadi. SHuni hisobga olib, butsalarimni mixga ilmoqchi emasman. Klub yaqinda bizni murabbiylik kurslarida o'qitishni maqsad qildi. Agar Andijonda shunday o'quv kurslari boshlansa, albatta o'qimoqchiman. Hozirda bor etiborimni Andijon bilan oliy liga o'yinlarida o'ynashga qaratganman.
  - Andijon oliy ligada yana o'rtamiyona jamoaga aylanib qolib, “Guliston” singari bir yilda yana pastga sho'ng'imaydimikan?
  - Yo'q, albatta. Mavsum oldidan klubni shakllantirish ishlari olib boriladi. O'ylaymanki, hali tarkibimizga juda ko'plab mahoratli futbolchilar kelib qo'shiladi. Bu erda futbolni juda ham sevishadi. Har bir o'yinga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurishiga odatlangan. Bundan avvalgi yilda klub bilan elitada o'ynaganimda, muxlislar har bir bellashuvda bizni qo'llab turishardi. Joriy yilda birinchi ligada o'ynaganimizga qaramay, ishqibozlarimiz bizni yolg'izlatib qo'ymadi. Aksincha, yanada qo'llashib, oliy ligaga tezroq qaytishimizga ko'maklashdi. Ularni xurmati uchun ham yangi mavsumda yaxshi natijalar namoyish qilib, bejiz oliy ligaga chiqmaganligimizni isbotlashga tayyor turibmiz.
  - Yaqinda jamoadoshingiz Dmitriy Kraev uchun xayriya uchrashuvini o'tkazdingizlar. Umuman olganda, Kraevning bugungi kundagi ahvoli qanday?
  - Kraev Rossiyada davolanib keldi va ayni paytda poytaxtda. Uni ahvoli juda yaxshi holatda. Yanada sog'ayib ketishiga tilakdoshmiz. Barcha futbolchilar Dmitriyning bunday avholga tushib qolganidan qayg'uda va o'z qo'llaridan kelgancha yordam berishmoqda. Nasib qilsa, Kraev sog'ayib, yana katta futbolga qaytadi.
  - Ayni vaqtda dam olish kunlaringiz qay tariqa o'tmoqda?
  - Og'ir o'tgan mavsumdan keyin, yana maza qilib hordiq chiqarish istayman. Yani, issiq mamlakatda bo'lib, oilam bilan dam olishni o'ylagandim. Afsuski, iloji bo'lmadi. SHuning uchun ham uyda oilam davrasidaman. Yaqin kunlarda yana mavsumga tayyorgarlik ko'rish ishlarini boshlab yuboramiz. Ungacha kuch to'plab olmoqchiman.

I.Abduvaxobov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика