So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  3 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  1 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

Afsus(lar) bilan boshlanayotgan JCH Yangiliklar

Afsus(lar) bilan boshlanayotgan JCH

Ertaga, 14 sentyabrdan boshlab yurtimizda futzal bo'yicha jahon birinchiligi boshlanadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati ilk turida Niderlandiya bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 20:00 da "Humo Arena"da start oladi (to'liq taqvim).

Afsuski, terma jamoa mundial oldidan bir qator yo'qotishlarga, yo'qotish bo'lganda ham eng jiddiylariga uchradi va jarohat tufayli muhim futzalchilaridan ajraldi.  

Birinchi yo'qotish — Ravshan Eliboev 



O'zi yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev Franciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Tekshiruv natijalari uning barmog'i singani va bir qancha muddatga safdan chiqqanini ko'rsatdi. Afsuski, posbon eshik qoqib turgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Futzal ishqibozlari yaxshi bilishadi, Ravshan Eliboev o'zining yorqin o'yini – qoyilmaqom seyvlari va yaxshi pas o'ynay olish qobiliyati bilan terma jamoaning muhim bo'lagi edi. 


Ikkinchi yo'qotish — Davron CHoriev 



Iqtidorli hujumchi Davron CHoriev har doim terma jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lib kelgan. Ammo oxirgi paytlarda u jarohat girdobiga tushib qoldi. Eliboev singari uzoq vaqt jarohatini davolash bilan band bo'lgan futzalchi yaqinda safga qaytgandi, biroq, afsuski, avgust oyidagi mashg'ulotlar davomida uning eski jarohati yana bezovta qila boshladi. Tekshiruvga ko'ra u tiklanish jarayonini davom ettirishi zarurligi va mundialda ishtirok etolmasligi oydinlashdi. 

CHoriev milliy termaga har qachongidan ko'proq zarur edi, chunki u jamoaning asosiy pleymeykeri, aql-zakovati va "miyasi" edi. Uning borligi sheriklariga qo'shimcha kuch va g'alabaga bo'lgan ishonch baxsh etardi. 


Uchinchi yo'qotish — Sunnatilla Jo'raev



O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi azosi Sunnatilla Jo'raev Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Tekshiruv natijalariga ko'ra futzalchining xochsimon payi lat egani aniq bo'ldi va u operaciyani boshdan kechirishi aytildi. Jo'raev terma jamoada asosiy rolda edi, uning kutilmaganda beradigan "pushka" zarbalari termaga ko'p vaqt asqatardi. Ayniqsa, u oxirgi paytlarda o'zining yuqori sport formasiga kirib borayotgandi. 


To'rtinchi yo'qotish — Dilshod Rahmatov 



O'zbekiston terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov mundial ostonasida tarkibdan tushib qoldi. Ming afsuslar bo'lsinkim, u ham jarohat tufayli JCHda termaga yordam berolmaydigan bo'ldi. Dilshod Rahmatov hozirgi tarkibga suv va havodek zarur edi. CHunki u o'z-o'zidan SARDOR va o'yin sifatlaridan tashqari, maydonda novator, kiyinish xonasida notiq, jamoani ortidan etaklovchi chinakam lider edi.


Xulosa o'rnida aytish joiz, Xose Venansio Lopes shogirdlari 10-Jahon chempionatida shu to'rtovlon uchun ham maydonda jonini berib o'ynashlari, ko'plab o'rtoqlik o'yinlarining mevasini real natija bilan isbotlashlari talab etiladi. Yakuniy qaydnomadan o'rin olgan futzalchilar yuqoridagi nomlari keltirilgan o'yinchilar uchun ham ikki hissa kuch bilan o'ynashlari kutiladi va biz ularga ishonamiz. 



Biz saytimiz vakillari hamda o'quvchilari nomidan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasiga musobaqada omad va zafarlar tilaymiz. Fayzimizni bersin.


SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика