So’nggi yangiliklar

19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  0 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  4 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  13 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  20 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  23 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  8 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8

Afsonaviy “Samp” uchligi: Italiya Evro-2020 tashviqot markazida Yangiliklar

Afsonaviy “Samp” uchligi: Italiya Evro-2020 tashviqot markazida

Italiyaning Evro-2020’ga jalb etilgan sahna orti xodimlaridan uch nafari bundan 30 yil oldin “Sampdoriya”da birga to'p tepib, A Seriyada etakchilik qilgan.

Ushbu maqolada italyan futbolining tarixi haqidagi kitoblarda mutlaqo yangi bobni yozishga jazm etgan o'sha afsonaviy uchlik haqida gaplashamiz.

Italiyaning Evro-2020’da ishtirok etgan tarkibini terma jamoalar orasida namunali deya baholash mumkin. Italiya A Seriyaning 10 ta klubi futbolchilari va "Pari Sen-Jermen" va "CHelsi" azolaridan iborat bo'ldi. Maydondan tashqarida bo'lsalar-da, "Sampdoriya" tarixidagi eng buyuk onning uchta faxriy ijodkori – bosh delegat Janluka Vialli, yordamchi murabbiy Atillo Lombardo va murabbiy Roberto Manchini "Skuadra Adzurra"ning Evro-2020’dagi harakatlarini bilvosita boshqarib borishdi.

1991 yil may oyida mahobatli Skudetto lavhasi havoda g'olibona tarzda ko'tarilgandi. Futbolchilar o'zlarining ko'ylak, kalta shim, paypoq va oyoq kiyimlarini esdalik sifatida olishni istayotgan baxtiyor olomon tomonidan o'rab olingan va natijada Viallining maydon atrofida ichki kiyimda maradyorlik qilishiga to'g'ri kelgandi. Kiyim almashtirish xonasida yasama soch taqib olgan Lombardo esa atrofida to'plangan ommaviy axborot vositalari xodimlarining kulgisiga sabab bo'lgandi. Murabbiy Vuyadin Boshkov hayajon bilan osmonga uloqtirilganida “Gradinata Sud” uzra uch rangli yorqin raketalar uchirilgandi.

"Sampdoriya" 30 yil avval o'zining A Seriyadagi yagona g'alabasini nishonlagan edi. "Luiji Ferraris" stadionida "Lechche" klubi uchta gol bilan ortda qoldirilgandan keyin aks etgan quvonchli tasvirlar oradan o'ttiz yil o'tishiga qaramay, o'z aniqligini umuman yo'qotmagan. 2021 yilda esa o'sha vaqtdagi ko'tarinkilik kayfiyati achinish hissi bilan eslanyapti, chunki "blyucerkyatlar" navbatdagi mavsumni o'rta stolning o'rtamiyona jamoalari qatorida muvaffaqiyatsiz yakunladi.

Samp va Skudetto takrorlanishi ehtimoldan yiroq bo'lgan g'ayrioddiy g'alaba edi. U o'zining formasini dunyodagi eng yaxshi forma deb atagan klub uchun yagona chempionlik yutug'i bo'lib qolayotganligi hayratlanarli emas.


1990-1991 yilgi A Seriyada serqirra yulduzlar saf tortgandi, chunki Genuya autsayderlari Milan gigantlarining moliyaviy qudrati ustidan g'alaba qozonishgandi.

"Samp"ni neft magnati Paolo Mantovani qo'llab-quvvatlayotgandi, ammo uning moliyaviy yordamini Silvio Berluskoni "Milan" uchun yoki Massimo Moratti "Inter" uchun  sarflagan millionlar bilan aslo taqqoslab bo'lmasdi. "Yuventus" o'zi mezbonlik qilgan 1990 yilgi jahon chempionatidan so'ng futbolchi Roberto Badjo uchun "Fiorentina"ga rekord darajadagi 8 million funt to'laganidan keyin Florenciyada tartibsizliklar yuz bergandi.

SHu bilan birga, uchta chet ellik o'yinchining ko'rsatgan natijasi chet eldan faqat eng yaxshi futbolchilar yollanganligining yorqin isboti edi. Niderlandiyalik yorqin uchlik Frank Raykard, Ruud Gullit va Marko van Basten tengsiz Franko Barezi va Paolo Maldini bilan birgalikda Milan nomidan ketma-ket Evropa kuboklarida g'olib bo'lishgandi. "Inter" esa o'z safiga Jahon kubogining germaniyalik uch nafar g'olibi – Andreas Breme, Lotar Matteus va Yurgen Klinsmannni jalb etgandi. Amaldagi chempion «Napoli» ham o'z nufuzini yo'qotmagan va uning tarkibida g'ayratli Diego Maradona hamda kuchli braziliyalik hujumchi Kareka to'p surayotgan edi.

Har bir klubga sehrli chang sepilgandek edi go'yo. "Roma"da Juzeppe Jannini va Rudi Fyoller; "Lacio"da Karl-Xaync Ridle, "Jenoa"da Branko va Tomash Skuxravi , "Atalanta"da esa Klaudio Kanidja to'p tepayotgan edi.

"Samp"ning chet ellik uchligi – Tonino Serezo (Braziliya), Srechko Katanec (Yugoslaviya) va Aleksey Mixaylichenko (Sovet Ittifoqi) juda taniqli bo'lmasalar ham targ'ibotga o'z hissalarini qo'shganlar. Salvatore Skillachi jamoani jarlik yoqasiga keltirib qo'ygan Italiyadagi jahon chempionatida "Sampdoriya"ni shijoatli hujumchi Vialli chempionga aylantirgandi.

Dastlabki ettita uchrashuvda jarohati tufayli qatnasha olmagan Vialli chempionatni liganing eng yaxshi hujumchisi sifatida tugatdi, uning 26 ta o'yinda urgan 19 ta goli oldingi to'rtta mavsumda kuchli oltilikka kirgan umidli jamoani aql bovar qilmas muvaffaqiyat sari boshladi. Kremonalik hujumchi unutilmas targ'ibotning ramzi edi; qulog'iga sirg'a taqqan va malla sochlariga oq tusha boshlagan, to'pni mohirlik bilan havodan yo'llovchi Vialli epchil yuguruvchi Serezo va Ivano Bonetti bilan birga tabassum va o'ziga xos ishonch bilan o'ynab, "Lacio"dagi mavsumning so'nggi o'yinida chempionlik unvonini tasdiqlagandi.

Vialli Italiya-90 tarkibida zaxira o'rindig'ida o'tirgandan keyin o'zining kimligini isbotlashga jazm etgan Manchini bilan "i Gemelli del gol" ("egizak gol")larga mualliflik qilishgandi.

Manchini bahslarda bir vaqtning o'zida mahorat va ijodkorlikka ega tug'ma futbolchi hamda hal qiluvchi yoki ahamiyatsiz bo'lgan har qanday qaror bo'yicha shikoyat qilaveradigan odam sifatida ikki xillikni namoyon etgandi. SHunga qaramay, uning chempionatdagi rolini past deb baholash aslo mumkin emas, chunki u 12 marotaba gol urib, Lombardo va Vialli bilan kuchli uchlikni shakllantirgandi.

To'g'ridan to'g'ri hujum uslubi, o'zini ko'rsatishga intilish, ishtiyoq va mustahkam ishonch "Luiji Ferraris" stadionidagi g'alabaning eng jozibali xususiyatlari edi. SHiddatli markaz himoyachisi Petro Verxovod va ajoyib darvozabon Janluka Palyukaning kuchli himoyasi natijasida jamoa 34 ta o'yinda atigi uch marta, unda ham chempionlik musobaqasidan chiqib ketgan jamoalar  – "Jenoa", "Lechche" va "Torino"ga qarshi bahslarda mag'lubiyatga uchragandi. 

Multfilm qahramoniga juda o'xshashligi uchun "Popay" deb nomlangan shamoldek eluvchi qanot himoyachisi Lombardo ildam yugurib, zambarak o'qi singari otilib, hal qiluvchi krosslarda o'zini ko'rsatdi va Manchini hamda Vialliga gol urishlari uchun qulay sharoit yaratib berdi. Keyinchalik sochlari siyraklasha boshlagan, gavdali Lombardoning g'alabadan so'ng o'zini tuta olmasdan qo'llarini silkitayotgani va bir vaqtning o'zida “Gazzetta” boshlovchisi Jeyms Richardson bilan Lambada raqsiga tushayotgani To'rtinchi kanalning Italiya futboliga bag'ishlangan ko'rsatuvlarida paydo bo'ldi.

Butun bir mavsumni diqqatga sazovor qismlarga ajratish oson ish emas, ammo "Samp"ning kutilmaganda cho'qqiga ko'tarilishini bir nechta g'ayrioddiy o'yinlarda yorqin aks ettirish mumkin. Palyuka 1990 yil oktyabrda "Milan" ustidan bitta gol bilan qozonilgan g'alabada Roberto Donadoni hujumini yuqori burchakdan turib chetlatish maqsadida xuddi qo'rqinchli filmlardagidek kutilmaganda oldinga sakrab chiqib, yo'q joydan paydo bo'lgandi.


"Milan"ning mag'lubiyatini belgilab bergan gol Florenciyadagi Uffici galereyasiga loyiq sanat asarining o'zginasi edi. O'shanda Katanec va Lombardo tezkor almashinuvda Serezoning to'pni erga tekkizmasdan havodan yollab, ishni tugatishi uchun yordam berishgandi.

Bir oydan keyin «Napoli» mezbonlik qilgan bahsda Maradonaning etakchiligidagi moviylar tomonidan burchakka qisib qo'yilgan jamoaning birinchi taymdayoq mag'lubiyatga uchrashi aniq bo'lib turgan bir paytda faqatgina kuchli himoya va Palyukaning qahramonliklari sababli uning oldi olingandi. Tanaffusdan keyin Vialli va Manchinining havodan yo'llagan hayratlanali hujumlari mehmonlarning 4:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishlariga asos bo'lgandi. To'purarlar uyg'onish davri rassomining mahorati va aniqligi bilan suratga so'nggi sayqalni berib, yuqori burchakka mukammal gollarni yo'llagandi. Lombardo ham benuqson krossni amalga oshirgach, Manchini orqaga tisarilib, biroz egilgan hamda vaqt va texnika uyg'un kelgan unutilmas daqiqada ustun orqali gol urgandi.

"Skudetto"ning raqibi "Inter" hal qiluvchi g'alabalarda ikki marta chetlatilgan; birinchisi 1991 yil kirib kelishidan biroz oldin Genuyada yuz bergandi. "Samp" ilk daqiqalardayoq gol urish uchun Valter Zenga darvozasiga hujum qilayotganida Viallining elka bilan bergan zarbasi natijasida qo'rqinchli "neradzurri"ning qanot himoyachisi Juzeppe Bergomining yuzi lat egan va hakamning aralashuvini kutib, 1982 yilgi Jahon chempioni g'olibi nafrat bilan taslim bo'lgandi. Mixaylichenkoga birinchi taymda berilgan qizil kartochka (bu uning "Samp"da to'p tepgan yagona mavsumidagi nomutanosib natijasi edi)  va "Inter"ning mohir o'yinchisi Nikola Bertining hisobni tenglashtirishiga qaramay, Vialli va Manchinining kechikkan ikkita goli ularga 3:1 hisobida g'alaba keltirgandi.

1991 yil 5 may kuni "Sampdoriya" o'zining muqaddas makoniga ketish arafasida turganida San-Siro sahnasidagi teatrlashtirilgan sahna ko'rinishida ajoyib darvozabonlik mahorati va qaqshatqich xotima namoyish etildi. Palyuka Matteusning temir etiklariga qarshi tirik qalqon vazifasini o'tadi va keyin inspektor Gadjetga aylanib, nemis to'purariga imkon qoldirmaslik uchun mo'jizaviy penaltiga mualliflik qildi. Juftlik bir-birining boshiga tepgani uchun o'yindan chetlashtirilganda Bergomi Manchiniga g'azab bilan bir shapaloq urgan, olomon orasidan uloqtirilgan bitta narsa "Inter" himoyachisiga tegib ketgach, juftlik tunnel tomon ketishayotganida yarashib olishgandi.

O'shanda endigina 33 yoshni qarshilagan "Samp" yarim himoyachisi Juzeppe Dossena "Inter" qarshi hujumga tushganida Viallidan to'pni qabul qilish va Valter Zenganing orqasiga yo'naltirish uchun bor tajribasini ishga soldi. Vialli tezlik, mahorat va puxtalikni namoyish etib, g'oliblikni davo qilgandi va Zengani aylanib o'tib, jamoasiga g'alaba olib kelgan ikkita golni bo'sh darvozaga yo'llagandi.  

19 may kungi yorqin g'alaba keltirgan bahsda "Lechche" o'yindan chetlatilgandi; Serezo birinchi marta darvozaga to'p kiritgan, orqa qanot himoyachisi Moreno Mannini himoyada sobit turgan, Viallining havodan yo'llagan zarbasi tomoshabinlar bilan to'lib-toshgan stadionga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlagandi.

O'nlab bayroqlar, rangli raketalar va bayramona shampanlar – o'yinchilar hali ham ko'zlariga ishonmayotgan muxlislar bilan o'rab olingan edi. Ular orasida ismlari tilga olinmagan qahramonlardan himoyachilar Luka Pellegrini va Marko Lanna; qo'rquv bilmas yarim himoyachi Fausto Pari va serqirra Jovanni Invernicci; beshta muhim golni urgan zaxira hujumchisi Marko Branka; bitta gol muallifi faxriy yarim himoyachi Dossena va mohir futbolchi Palyuka yo'qligida ikkita o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazgan zaxira darvozaboni Julio Nuchiari bor edi. O'sha g'alaba "La Nostra Favola" (bizning ertagimiz”) deb nomlangandi. Genuyaning asosiy maydoni bo'lgan Pyacca Ferrari” va uning atrofidagi markaziy ko'chalar 2021 yil may oyida g'alabaning 30 yilligi munosabati bilan ko'k, oq, qizil va qora ranglarda burkangan edi.

“Sampdoriya” – Italiya chempioni. "Blucherkyatlar"ning barcha tarafdorlari va omadsizlardan ajoyib hikoyalar tinglashni istagan har bir kishi uchun zavq-shavq ulashgan mavsum bo'lgan edi. «Blucherkyatlar» uchun muhim ahamiyat kasb etgan Manchini, Vialli va Lombardo Evropa chempionatida xuddi shunday ruhda davom etishga harakat qilishdi, ammo endi o'yinlarga boshqacha nuqtai nazar bilan qarashdi.

Manchini Italiya terma jamoasi murabbiyi sifatida diqqat markazida, Lombardo "Skuadra Adzurra" jamoasi xodimlarining asosiy tarkibida, Vialli ham jamoaning muhim azosi. Afsonaviy «Samp» uchligi o'zlarining o'sha afsonaviy muvaffaqiyatidan 30 yil o'tgach, tarixni yana takrorlashdi va butun mamlakat ularni olqishladi. 

Og'abek Samisov va SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика