Afsonaviy Mayk Din APLni tark etmoqda
16 iyu 2023 13:13
Yangiliklar
Afsonaviy Mayk Din APLni tark etmoqda
Angliyaning hakamlar kollegiyasi PGMOL liganing afsonaviy hakamlaridan biri Mayk Din bilan hamkorlik yakunlanganini malum qildi.
Din 2022 yilning dekabrida 2023 yilgi mavsum u uchun so'nggisi bo'lishini malum qilgandi. SHundan keyin u VAR tizimida ham mehnat qildi va tajribasi evaziga hakamlar bilan mashg'ulotlar olib bordi.
PGMOL rasmiy bayonot bilan chiqib, Mayk Dinga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Din 1985 yili hakamlik faoliyaini boshlagandi. 2000 yildan buyon Premer-liga o'yinlarida ishlab kelayotgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar