So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Afsonaviy Bugalo darvozasiga xet-trik. Axbor Imomxo'jaev xotira turniri start oldi Yangiliklar

Afsonaviy Bugalo darvozasiga xet-trik. Axbor Imomxo'jaev xotira turniri start oldi

Kecha o'zbek sport jurnalistikasi asoschisi Axbor doda Imomxo'jaev xotiralariga bag'ishlangan turnir start oldi.

O'tgan yil ilk bor o'tkazilgan musobaqa ananaviy tus oldi. Ushbu turnir tashkilotchilari rahmatli Axbor dodaning farzandlari va nabiralari. Bu yil jami 10 ta jamoa unda ishtirok etmoqda. Bular: O'FA, "Sulola", O'zPFL, "Paxtakor", "Championat.asia", "Sport TV", O'zFHM, "Kun.uz", "Jurnalist" va "Tong 2".

«Axbor Imomxo'jaev xotira turniri». O'FA hakamlarni mag'lub etdi, «Paxtakor» faxriylari so'nggi soniyada "Championat.asia" bilan durang o'ynadi


"Championat.asia" jamoasi kecha "Paxtakor" afsonalariga qarshi bahs olib bordik. Raqib safida Pavel Bugalo, Murod Aliev, SHuhrat Maqsudov, Sobir Xodiev, Abdumajid Toirov, Akmal SHorahmedov kabi yaqin o'tmish yulduzlari to'p tepishdi. Yaqin yillargacha ularning ko'pchiligi o'yinlarini yoritib kelganmiz, kecha esa maydonda qarshi o'ynadik. Uchrashuvdan oldin "Paxtakor" yaqqol favorit edi, ammo o'yinda aslida unday emasligini isbotlay oldik. SHaxsan o'zim afsonaviy posbon Pavel Bugalo darvozasiga 3ta to'p kiritdim. Qachondir Bugalo qo'riqlayotgan darvozaga xet-trik qilaman deb o'ylamasdim. Yoshidan qati nazar u afsona va bu gollar men uchun qadrli bo'lib qoladi. Bundan tashqari, bellashuv davomida bir epizodda Akmal SHorahmedovni Inesta uslubida aldab o'tdim va o'sha pallada gol urgandan kam hursand bo'lmadim. O'sha epizodni suratlar yordamida ko'rsatib berishga harakat qilaman.

Suratlar uchun Rustamxo'ja Nabixo'jaevga rahmat.


O'z navbatida bizning darvozaga kiritilgan 3 ta golga ham ulardan bir futbolchi mualliflik qildi: Sobir Xodiev. Salgina alamlisi esa biz 3:2 hisobida oldinda borayotganimizda bahs tugashiga bir necha soniyalar qolganda o'z darvozamizga penalti olib keldik va tajribali raqiblarimiz hisobni tenglashtirib ketishdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra o'yin durang bilan tugasa penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Unda g'olib 2 ochkoga ega bo'ladi, mag'lub esa bir ochko bilan qoladi. Seriyada "Paxtakor" afsonalari bizni mag'lub etishdi - 1:4. Turnir sensaciyasini qayd etishimizga bir necha soniya etmay qoldi)

Birinchi kundagi o'yinlardan keyingi to'purarlar ro'yxati.


Uchrashuv yakunlanganidan keyin Akmal SHorahmedov o'yinimizni alohida etirof etib ketdi va maqtadi. Milliy terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan birining etirof o'yinimizga eng yaxshi baho deb ayta olaman. Kecha maydonda saytimizning barcha xodimlari borlarini berishdi, ishtiyoq juda kuchli edi. Maydondagi mehnat uchun ularning har biriga rahmat. Biz bir jamoamiz.


O'z navbatida ananaviy tarzda o'tkazila boshlagan turnir uchun Axbor dodaning farzandlari va nabiralariga alohida rahmat! Zero, bunday muhitda va bunaqangi afsonalarga qarshi har doim ham to'p tepish imkoni bo'lavermaydi. Hammaga omad, fayzimizni bersin!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика