So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Afsonaviy bokschi Artur Grigoryan yosh futbolchilar bilan uchrashdi Yangiliklar

Afsonaviy bokschi Artur Grigoryan yosh futbolchilar bilan uchrashdi

Professional boksda o'zbekistonlik birinchi jahon chempioni Artur Grigoryan bugun poytaxtimizdagi "Stuzzico" picceriyasida mehmon bo'ldi.

O'zbek boksi afsonalaridan biri hisoblangan Artur Grigoryan mazkur tashrif davomida "Odil Junior" jamoasining yosh futbolchilari bilan muloqot qildi. 

Futbol va boks boshqa-boshqa yo'nalish hisoblansada, ularning har ikkisini sport birlashtirib turadi. "Qirol Artur" yosh sportchilarga faoliyatidagi qiziqarli holatlar, bosib o'tilgan yo'l haqida gapirib berdi. Ularga o'z maslahatlarini berdi. 


O'z navbatida yosh futbolchilar chempiondan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

"Ozg'in bo'lganim sababli yoshligimda laqabim "Skelet" edi. Atrofimdagilar meni shunday deb mazah qilishardi. Bu esa o'z navbatida meni yanada qattiq mehnat qilishga, ishlashga chorlardi. Oradan vaqt o'tdi va men O'zbekistonga chempion bo'lib qaytdim. O'shanda men ularga qarata "Ko'rdingizmi, o'sha "skelet" bugun chempion bo'ldi. Meni olg'a intilishga majbur qilganingiz uchun rahmat" dedim. 


"Inson mehnat orqali yuksak cho'qqilarni zabt etadi. Siz havas qiladigan Ronaldu va Messi ham aynan shuning ortidan mashhurlikka erishgan. Siz nima uchun Ronaldu bo'la olmaysiz? U ham o'z vaqtida sizdek kichkina bola bo'lgan. O'z mehnati orqali shunday darajaga etib kelgan".

Yosh futbolchilar uchrashuvdan bir olam taassurot olishdi. 


Uchrashuv davomida Grigoryan barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan muborakbod etdi. 

Tadbir so'ngida Artur Grigoryan esdalik uchun bolajonlar bilan suratga tushdi. SHuningdek, ular uchun avtograf sessiya tashkil etib berildi.



TAS-IX 


 



TAS-IX emas



Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика