Afrika Millatlar Kubogi-2019. JAR mezbonlarni musobaqadan chiqarib yubordi
07 iyu 2019 02:13
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. JAR mezbonlarni musobaqadan chiqarib yubordi
Afrika Millatlar Kubogi-2019ning nimchorak finalidan o'rin olgan Misr hamda JAR o'rtasidagi bahsda, mezbonlar minimal hisobda raqiblariga engilishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol o'yin tugashiga besh daqiqa qolganida hujumchi Tembinkosi Lorch tomonidan urildi. Endi JAR chorak finalda Nigeriya termasiga qarshi bahs olib boradi.
Misr – JAR 0:1 (0:0, 0:1)
«Cairo International Stadium»
Gol: 0:1 – 85 Lorch.
Misr – El-SHenavi, Ashraf, Hegazi, El-Din, Al-Muhammadi, El-Nenni (Soliman, 83), Hamid, El-Said (Uarda, 64), Trezege, Saloh, Muhsin (Ali, 46).
JAR – Uilyams, Tau, Xlacvayo, Xlanti, Ferman (Kekana, 90), Mkxize, Mokojo, Mkxvanazi, Zungu, Lorch (Veldveyk, 90), Motiba.
Ogohlantirishlar: Xlanti (44), Ashraf (68), Zungu (79), Xlacvayo (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar