So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

Afrika kubogining 10 nafar yulduzi Yangiliklar

Afrika kubogining 10 nafar yulduzi

Teglar :  Afrika kubogi
9 yanvar kuni Kamerunda Afrika kubogi start oladi. Garchi Evropa klublari ushbu turnirni yomon ko'rsalar-da, afrikalik futbolchilar o'z mamlakatlari sharafini himoya qilgani kelishadi. Biz esa mazkur musobaqaning asosiy yulduzlarini yodga olamiz.

Muhammad Saloh

Ehtimol, bugungi kunda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi Muhammad Saloh hisoblanadi. Misrlik futbolchi "Oltin to'p"ga davogarlar qatoridan o'rin oldi va bu u turnirda ham o'z so'zini aytishga harakat qilib ko'radi. Saloh Angliya Premer-ligasining eng yaxshi to'purari sifatida Afrika kubogiga jo'nab ketdi. Aytgancha, misrlik hujumchi yo'qligida undan o'zib ketadigan futbolchi topilishi haqiqatdan yiroq, sababi hujumchi yaqin taqibchilaridan sezilarli darajada ustunlikka ega. SHu bilan birga, Saloh turnirning eng yaxshi assistenti ham hisoblanadi. Misr terma jamoasining navbatdagi g'alabaga bo'lgan barcha umidlari uning atrofida qurilgan, ammo bunga erishish juda qiyin bo'ladi. SHunga qaramay, Saloh va uning do'stlari kubok uchun harakat qilib ko'radi


Sadio Mane

Salohning "Liverpul"dagi sherigi Sadio Mane ortga Afrika kubogi bilan qaytishi mumkin. Senegallik futbolchilar kuchli sheriklarga ega, ammo asosiy yulduz baribir "Liverpul" hujumchisi sanaladi. Mane bir necha yil avvalgidek yuqori darajada emas. Biroq senegalliklar ushbu mavsumni ajoyib o'tkazmoqda, ko'plab gollar urishmoqda. Tajribasi va mahorati tufayli Mane o'yin taqdirini hal qila oladi. SHu bilan birga, senegalliklar o'z nomini tarixga qayd etmoqchi. Ko'pchilikka malumki, u Salohning o'zidan mashhurroq ekanligini hazm qilolmaydi, Afrika kubogi esa Manening sherigidan o'zib ketishi mumkin bo'lgan mardi maydondir. Senegalda kuchli jamoa bor va "Liverpul" forvardi jamoani muvaffaqiyat tomon boshlaydigan etakchi bo'lishi mumkin.


Riyad Marez

Jazoir terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogining amaldagi sohibi sifatida Kamerunga yo'l oladi. 2019 yilda Marez ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun ko'p ter to'kdi, turnir davomida uchta gol urdi, shu jumladan, yarim finalda hal qiluvchi gol muallifiga aylandi. Jazoirlik yulduz "Manchester Siti"ning eng muhim futbolchilaridan biri sanaladi. Ushbu mavsumda vinger barcha musobaqalarda 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Marez garchi bahs taqdirini yakka hal qila olsa-da, ko'proq jamoaviy o'yinda yorqinlikni namoyish etadi.


Ashraf Hakimi

Olti oy avval 60 million evroga sotib olingan futbolchini yulduz deb atamaslik mumkin emas. Liga 1'ning 18 o'yinida 3 ta gol urib, shuncha golli uzatmani amalga oshirgan Ashraf Hakimi PSJning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Marokashlik mudofaachi juda kuchli o'yin namoyish eta oladi, ammo u top yulduzlar kamdan-kam o'ynaydigan poziciyada harakat qiladi. SHunga qaramay, o'ng qanot himoyachisi barcha uchrashuvlar taqdirini hal qila olmaydi. Marokashlik terma jamoasida "Sevilya" azolari Yassin Bunu va Yusuf En-Nesri bor, natija ko'proq ularga bog'liq bo'ladi. SHunga qaramay, jamoaning asosiy yulduzi Hakimi sanaladi.


Frank Kesse

Kot-d'Ivuarlik yarim himoyachi "Milan" uchun muhim rol o'ynaydi. "Rossonerlar"ning CHempionlar ligasiga qaytishida Kessening ham hissasi bor. Hozirda unga PSJ, "Real" va "Manchester Yunayted" kabi klublar qiziqish bildirmoqda, chunki shartnoma muddati yozda yakunlanadigan yarim himoyachining kelajagi mish-mishlarga sabab bo'lmoqda. Balki u turnirga terma jamoasining etakchisi sifatida tashrif buyurar. Ko'p jihatdan, jamoaning o'yinida yarim himoyachilarning o'rni katta.


Eduar Mendi

Kuchli darvozabonga ega bo'lish Afrika kubogida aql bovar qilmaydigan ustunlik taqdim etadi. SHu nuqtai nazardan, bu Senegel terma jamoasi uchun juda katta plyus bo'ladi. Eduard Mendi "CHelsi" tarkibida bir yarim yil ichida o'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. Agar o'tgan yozda ko'pchilik londonliklarning ushbu transfer tanlovidan hayratda qolgan bo'lsa, hozirda Mendi, shubhasiz, Angliya Premer-ligasining eng yaxshi darvozabonlaridan biridir.


Per-Emerik Obameyang

Forvard "Arsenal"dagi obro'sini yo'qotdi. Aftidan, yanvarda klubini o'zgartirishi kerak bo'ladi. Biroq Gabon terma jamoasi uchun u asosiy yulduz bo'lib qoladi. Kamerun maydonlarida Obameyang jamoasi bilan yuqori natijaga erishish uchun bor kuchini ishga solishiga shubha yo'q. Qolaversa, o'z ananasiga ko'ra, hujumchi Afrika kubogida ko'p gol uradi. Ehtimol, Kamerundagi turnir Obameyang uchun "Oqqush raqsi"ni ijro etadigan maydonga aylanishi mumkin.


Sebastyan Alle

Ushbu mavsumda forvard faoliyatini qaytadan boshladi, deyish mumkin. Alle Frankfurtning "Ayntraxt"ida ko'plab gollar urganini hamma eslaydi, ammo "Vest Xem"da uning ishlari yurishmadi. Bir yil oldin u "Ayaks" bilan shartnoma imzolab, Niderlandiyaga qaytdi va ushbu mavsumda fenomenal o'yin namoyish etmoqda. Alle CHempionlar ligasi guruh bosqichining 6 o'yinida 10 ta, Niderlandiya chempionatining 17 ta bahsida 12 ta gol urgan.


Yussef En-Nesiri

Istedodli marokashlik hujumchi jarohatlar girdobida qoldi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda bor-yo'g'i 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. En-Nesiri 24 yoshda va u top-klublarda o'zini ko'rsata oladi. Hujumchida golni his qilish sezgisi hamda yuqori tezligi bor. En-Nesiri halicha yulduz darajasida emas, biroq yulduzga aylanishi kerak. Afrika kubogi o'zini qayta ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat sanaladi. Asosiy muammo hujumchining jismoniy holati qanday ekanligidadir.


Vilfrid Ndidi

Angliya Premer-ligasining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri Vilfrid Ndidi "Lester" va Nigeriya termasi sharafini himoya qiladi. OAV xabarlariga ko'ra, unga "Real" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchini qo'lga kiritish uchun 50 million evrodan ko'proq mablag' kerak bo'ladi. Ndidi ko'p gol urmasligi mumkin, lekin himoyalanish borasida tahsinga sazovor jihatga ega.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика