

Ha, bu o'sha Argentina terma jamoasi libosiga o'xshash celofan paketni orqasiga Messi ismini yozib, uni kiyib olgan bolakay.
Murtazo urushda vayron bo'lgan Afg'oniston janubidagi Gazni shaharchasida yashaydi. U endi besh yoshga to'lgan va futbolni ham Lionel Messini juda yaxshi ko'radi.
"Uyimiz oldida futbol maydoni yo'q, faqat to'p bor - u ham teshilgan" - deydi bolakay.
Otasining o'g'liga haqiqiy futbol kiyimi olib berishga qurbi etmas edi va shu sababli bolakay juda ko'p yig'lagan. Uning akasi Murtazoga ko'k paketdan ajoyib forma yasab berdi - ukasining yuzida tabassum paydo bo'ldi.
Qo'lbola futbolka kiyib olgan bolakayning suratlari tarmoqda tarqalgandan so'ng, hamma uni qidirib qoldi va u tez orada topildi. Afg'oniston futbol federatsiyasi tezda Murtazo oilasi bilan bog'landi: Avvaliga bolakayga "Barselona"ning original formasi taqdim etildi, keyinroq esa kichik muxlis va uning sevimli futbolchisi bilan uchrashuv vada qilindi.
"Biz uchrashuv uyushtirish uchun Lionel Messi va "Barselona" bilan bog'landik" - deydi AFF vakili Ali Kozimi.
Bizni baxtli yakunga ega yana bir ajoyib hikoya kutib turgan ko'rinadi.





