So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  12 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  3 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

AFCAS dasturi O'zbekistonda ham joriy etiladi Yangiliklar

AFCAS dasturi O'zbekistonda ham joriy etiladi

Teglar :  O'FF
Xabaringiz bor, shu yilning 3-5 dekabr kunlari Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo'lgandi.

Xabaringiz bor, shu yilning 3-5 dekabr kunlari Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo'lgandi.

Tashrif davomida OFK prezidenti O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan yurtimizda futbolni rivojlantirish, o'zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha kelgusi rejalar haqida suhbatlashib, Osiyo Futbol Konfederaciyasi bu borada O'zbekiston Futbol Federaciyasini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini malum qilgandi.

Ana shu uchrashuv chog'ida Osiyo Futbol Konfederaciyasida Asian Football Confederation Administration System dasturini O'zbekistonda ham qo'llash bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Asian Football Confederation Administration System dasturi malumotlar bazasi bo'lib, bu bazada har bir futbol musobaqasi yoki tadbirida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan shaxslar malumotlari saqlanadi.

Masalan, futbolchining tug'ilgan yili, bo'yi, og'irligi, qaysi klublarda to'p surganligi, qaysi chempionatlarda ishtirok etganligi va shunga o'xshash malumotlar jamlanib, o'sha futbolchiga tegishli bo'lgan barcha hujjatlar arxivi tuziladi. Bu dastur ayniqsa, bolalar futbolidagi yosh kichraytirish bilan bog'liq muammolarni oldini olishda juda qo'l keladi. CHunki dasturga kiritilgan har bir futbolchining malumotlari, uning fotosurati har yili yangilab turiladi.

O'zbekiston Futbol  Federaciyasi mazkur dasturni yurtimizda joriy qilish borasida say-harakatlarni amalga oshirmoqda. 2018 yildan boshlab Asian Football Confederation Administration System dasturi O'zbekistonda ham yo'lga qo'yilib, futbol musobaqalari va tadbirlarida ishtirok etuvchi ro'yxatdan o'tgan barcha insonlarning malumotlari jamlanadi. Superliga va Pro-ligada qatnashuvchi jamoalar ham mavsum boshida qaydnomalarni aynan mana shu dastur orqali elektron tarzda amalga oshirib borishadi.

Bundan tashqari, har bir futbol maktabi, akademiyalarda mavjud bo'lgan yosh futbolchilarning barcha malumotlari ushbu dasturga kiritiladi. Natijada, bolalar futbolidagi yosh kichraytirish bilan bog'liq ko'plab muammolarning oldi olinadi.

SHuningdek, futbolchilardan tashqari, murabbiylar, hakamlar, nazoratchilar, komissarlar va shunga o'xshash futbol musobaqalari hamda tadbirlarida ro'yxatdan o'tgan shaxslarning malumotlar bazasi ham mazkur dasturda to'plab boriladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика