Adurisdan qaychi uslubida gol o'tkazib yuborgan ter SHtegen: "Yaxshiyam u faoliyatini yakunlamoqda"
09 okt 2019 18:45
Yangiliklar
Adurisdan qaychi uslubida gol o'tkazib yuborgan ter SHtegen: "Yaxshiyam u faoliyatini yakunlamoqda"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen "Atletik" hujumchisi Aric Adurisga qarshi o'ynashni yoqtirmasligini aytdi.
- Men uchun eng noqulay hujumchilardan biri Aric Adurisdir, u menga muntazam ravishda gol urib keladi.
Yaxshiyamki u faoliyatini yakunlamoqda va endi menga osonroq bo'lar... Men u bilan Ispaniya chempionatida yana bitta o'yin o'tkazaman, umid qilamanki u gol ura olmaydi, - deydi 27 yoshli ter SHtegen.
Eslatib o'tamiz, La Liga 1-tur doirasidagi "Atletik" - "Barselona" (1:0) o'yinining 89-daqiqasidagi Aric Aduris ter SHtegen darvozasini ishg'ol qilgan edi.
Aduris mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi.
Fikrlar