Aduris faoliyatini yakunlashini elon qildi
20 may 2020 20:45
Yangiliklar
Aduris faoliyatini yakunlashini elon qildi
“Atletik” forvardi Aric Aduris butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
39 yoshli futbolchi faoliyati davomida Ispaniyaning bir qator jamoalarida harakat qildi. “Atletik” bilan 2015 yil Ispaniya Superkubogida zafar quchdi. Evropa Ligasining 2015/16 va 2017/18 yilgi mavsumlarida eng yaxshi to'purarga aylandi. SHuningdek, ushbu musobaqa tarixida penta-trik (“Genk” 5:3) qayd etgan blk futbolchi sifatidan tarixdan joy oldi.
U bilbaoliklar tarkibida jami 405ta o'yinda maydonga tushib, 172ta gol urdi va 49ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ispaniya terma jamoasida esa Aduris 13 bahsda ikkita to'p kiritishga erishgan.
Fikrlar