Adriano Korreya: "Messi, Neymar va Suares maydonda bir-birini tushuna oladi"
16 okt 2014 18:27
Yangiliklar
Adriano Korreya: "Messi, Neymar va Suares maydonda bir-birini tushuna oladi"
"Barselona" himoyachisi Adriano Korreyaning fikricha, jamoa hujumchilari Lionel Messi, Luis Suares va Neymar maydonda o'zaro bir-birini yaxshi tushunib ketishadi.
"Uchchala futbolchi ham aqlli va maydonda bir-birini qidiradi. Bu Messi va Neymar misolida ko'rinib turibdi: ularning xar biri, jamoadoshi qaerda turganligini biladi. Suares maydonga tushsa bizda boshqacha o'yin variantlari ham bo'ladi. Menimcha, Suares "Real" bilan o'yinga tayyor. Bundan tashqari, Luis Urugvay terma jamoasida ham o'ynadi. U jangga tashna" - deydi Adriano.
Fikrlar