Adriano Galliani: “Indzagi hali “Milan”ni tark etmaydi”
19 fev 2014 16:41
Yangiliklar


Adriano Galliani: “Indzagi hali “Milan”ni tark etmaydi”
“Milan” klubi vice-prezidenti Adriano Galliani klub hali-beri Filippo Indzagini qo'yib yubormasligini takidladi.
“Hozircha “Milan”da ekanman Indzagi klubni tark etmaydi”. Nima bo'lganida ham u shartnomasida ko'rsatilgan muddatgacha (2016 yilgacha) ishlashi kerak”, - deydi Galliani.
O'tgan hafta Indzagi boshliq “Milan” klubi yoshlari Viarejio Kubogi musobaqasida g'olib bo'lishgandi.
Eslatib o'tamiz, yanvarda “Sassuolo” Indzagini klubga bosh murabbiy sifatida taklif qilmoqchi bo'lgandi, ammo “Milan” bunga rad javobini berdi.

Fikrlar