Adebayor APLga qaytishi mumkin
22 iyu 2019 10:16
Yangiliklar


Adebayor APLga qaytishi mumkin
35 yoshli hujumchi Emmanuel Adebayor Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, togolik futbolchini "Vest Xem", "SHeffild Yunayted" va "Uotford" klublari o'z saflariga qo'shib olish niyatida. Eslatib o'tamiz, Adebayor hozirda erkin agent hisoblanadi. 20-iyun kuni "Istanbul Bashakshexir" tajribali forvard bilan hamkorlikni to'xtatdi.
Adebayor yakunlangan mavsum Istanbul klubi libosida barcha turnirlarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.
Adebayor oldin ham "Arsenal", "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Kristal Pelas" kabi APL klublarida harakat qilgan. Bundan tashqari, "Mec", "Monako" va "Real"da ham to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar