Adam Navalka: "Polsha ko'p narsani isbotlab qo'ydi"
30 iyu 2016 03:55
Yangiliklar
Adam Navalka: "Polsha ko'p narsani isbotlab qo'ydi"
- Biz ushbu musobaqada ko'p narsani isbotlab qo'ydik. Nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatdik. Portugaliyaga qarshi bahs? Yaxshisi o'yinni kutgan maqul. Bu erga qadar kelishdan avval ancha uzoq yo'lni bosib o'tdik. Muvaffaqiyatlar katta mehnatlarimiz samarasi bo'ldi. CHorak finalda ham munosib o'ynashni maqsad qilganmiz.
Portugaliyaning hujum chizig'ida yuqori malakali futbolchilar etarli. Ushbu terma jamoaning himoya chizig'i ham yaxshi. Portugaliyani qarshi hujumlarda xavfli o'ynaydigan jamoalar sirasiga qo'shgan bo'lardim. O'yinda nazoratni o'z qo'limizga olishimiz lozim. Har holda shunday qilishga urinib ko'ramiz. Bu bahs hech bir jamoa uchun oson bo'lmaydi.
Robert Levandovskiy Polsha uchun juda muhim futbolchi. Levandovski nafaqat hujumchi, balki jamoamiz sardori. SHu bois uning bo'yniga juda katta masuliyat turibdi. Ayni paytdagi Levandovskining o'yinlaridan, sport formasi va jismoniy holatidan ko'nglim to'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar