Acherbi irqchilik mojarosi tufayli Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
18 mar 19:25
Yangiliklar
Acherbi irqchilik mojarosi tufayli Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
"Inter" himoyachisi Franchesko Acherbi irqchilikka asoslangan fikr bildirgani uchun Italiya termasidan chetlashtirildi, deb xabar berdi Italiya futbol federaciyasi rasmiy sayti.
Voqea 17 mart kuni A Seriyaning 29-turidan o'rin olgan "Inter" – "Napoli" (1:1) uchrashuvida sodir bo'lgandi. Neapolitan klubi futbolchisi Juan Jezus Italiya terma jamoasi futbolchisining haqoratlari yuzasidan uchrashuv bosh hakamiga shikoyat qilgan. O'yindan so'ng braziliyalik jurnalistlarga hamma narsani aytib bergan. Neapolliklar himoyachisi Acherbi kechirim so'raganini ham qayd etgan.
Italiya terma jamoasi mart oyida 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi: Venesuela (21 mart) va Ekvador (24 mart).
36 yoshli Acherbi ushbu mavsum "Inter" safida 32 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar