Abubakir Ashurov: "Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so'raymiz"
31 may 2023 19:21
Yangiliklar


Abubakir Ashurov: "Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so'raymiz"
U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston - Isroil uchrashuvidan so'ng yoshlar terma jamoamiz himoyachisi Abubakir Ashurov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hakamning so'nggi hushtagi chalingunga qadar harakat qildik. G'alaba nasib qilmagan ekan. Kichik detallarga etibor bermaganimiz tufayli raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik hamda o'yin oxirida bir lahza etiborni yo'qotish oqibatida to'p o'tkazib yubordik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so'raymiz. Kelgusi musobaqalarda natijamizni yaxshilash uchun harakat qilamiz.
Qo'shimcha bo'lim haqida o'ylash xayolimizda yo'q edi. O'yin taqdirini asosiy vaqtning o'zida hal qilmoqchi edik. Diqqatni yo'qotganimiz tufayli yana standart vaziyatdan gol qabul qilib oldik", dedi yoshlar terma jamoamiz himoyachisi.
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 4
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar