Abror Toshqo'ziev: "Jasur Abduraimov hujumkor futbol ko'rsatishni talab qilmoqda"
13 may 2021 11:10
Yangiliklar
Abror Toshqo'ziev: "Jasur Abduraimov hujumkor futbol ko'rsatishni talab qilmoqda"
Superliganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Abror Toshqo'ziev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Lokomotiv" o'ziga yarasha kuchli va nomdor jamoa hisoblanadi. Ulardan safarda ochko olish juda qiyin. Menimcha, ikki jamoada ham vaziyatlar etarlicha bo'ldi. Ulardan foydalangan yakunda g'alaba qozondi. SHu kuni omad bizga kulib boqdi. Raqib safida tajribali va yuqori saviyadagi futbolchilar borligi bois yaqinroq o'ynashimiz kerakligini tushuntirdi. Taktik jihatdan har bir detallargacha to'xtalib o'tdi. Jasur Abduraimov bizdan hujumkor futbol ko'rsatishimizni talab qilmoqda. Ko'proq oldingi chiziqda o'ynashimiz lozim. Buning uchun har bir o'yinga yuz foizlik tayyorgarlik bilan tushishga harakat qilyapmiz",- deydi Abror Toshqo'ziev.
Fikrlar