So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Abror Pirriev: "Singapur bilan o'yinda 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Singapur bilan o'yinda 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Singapurga qarshi kechgan bahsdan keyin terma jamoa shifokori O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Singapur bilan o'yinda gollar bilan birga jarohatlar ham ko'p bo'ldi.

Hojimat Erkinov hech qanday kontaktsiz o'zi jarohat oldi. Bu o'rinda maydon issiqligi tufayli, chimning qurib qolgani, oyoq sirpanmasligi bois tizza sohasidan jarohat olib maydonni tark etdi. Birinchi qo'shimcha tekshiruvlar birinchi o'ylaganimizdek jarohat jiddiy emasligini ko'rsatdi. Ammo hali instrumental tekshiruvlar javobini olmaganimiz bois bu haqda so'nggi xulosani berishga biroz vaqtli.

SHuningdek birinchi taymda Husniddin Aliqulov ham tizzasidan jarohat olib maydonni tark etdi. Uning jarohati jiddiy emas. Katta ehtimol bilan Husniddin Yaman bilan bahsni o'tkazib yuboradi, Saudiya Arabistoni bilan o'yinga esa tayyor bo'ladi.

Singapur bilan bahsda Odil Ahmedov, Islom Qobilovda ham engil jarohat olishgani malum bo'ldi. Davo muolajalari qilinib, kerakli chora tadbirlar o'tkazilganidan keyin o'yinga yaqin qolganida ularning maydonga tushish yoki tushmasliklari malum bo'ladi.

Tarkibimizda jarohat olgan futbolchilarning o'rnini bosa oladigan o'yinchilar etarli. SHunday ekan navbatdagi bahslarda yaxshi natija ko'rsatish uchun bizda hech qanday to'siq yo'q deb o'ylayman", - deydi Abror Pirriev.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика