So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912". Холматов, Фламарион ва Гвазава асосий таркибда  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

Abror Pirriev: Futbolchilar birinchi davra tugashini emas, balki ikkinchi davra boshlanishini kutishmoqda Yangiliklar

Abror Pirriev: Futbolchilar birinchi davra tugashini emas, balki ikkinchi davra boshlanishini kutishmoqda

Oliy liga 2013 baxslarining birinchi davrasi 4 iyul kuni yakunlandi va bir necha klublar tatilga chiqib ketishdi.
Ammo 2013 yil futbol mavsumini barcha klublardan ham avvalroq boshlagan poytaxtning Lokomotiv klubi faqat 8 iyul kuni O'zbekiston Kubogining chorak final javob o'yinini o'tkazgacha kichik tatilga chiqadi. Jamoadagi futbolchilarning jismoniy holati haqida biz klub va milliy terma jamoada bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abror Pirriev bilan kichik suxbat uyushtirdik.

- Abror aka, mana birinchi davra yakunlandi. Jamoamiz 18 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Bir necha futbolchilar milliy, yoshlar va o'smirlar terma jamoalari o'yinlarida qatnashishdi. Futbolchilarda ayni damda charchoq alomatlari sezilmiyaptimi?


- Tug'ri, jamoamiz mavsumni xammadan avval boshladi va bugunga kunga kelib 1-davra uyinlari tugagan bulsa-da biz boshqa jamoalardan farqli o'laroq O'zbekiston Kubogida javob o'yinini o'tkazamiz. Esingizda bo'lsa o'quv-mashg'ulot yig'inlariga xam Lokomotiv jamoasi birinchi bshhlib yig'ilgan edi. Ushbu yig'inlar Toshkenda va 2 marta BAAda tashkil etildi. SHu davrlarda murabbiylar shtabi bilan maslaxatlashgan holda reja asosida makrociklli vitaminizaciya (mual.foydali vitaminlar berildi) o'tkazildi va 1-davra mobaynida xam reja asosida quvvatlovchi vitaminizaciyalar olib borildi. Bundan tashqari bilasiz xar o'yindan keyin tiklanuvchi chora-tadbirlar o'tkiziladi va bu futbolchilarimizdagi xar bir uchrashuvdan keyingi tabiiy charchoq alomatlarini tezroq bartaraf etishga yordam beradi. Vitaminizaciya va boshka chora-tadbirlar jamoamizning 2-davra oldi o'quv mashg'ulotlar yig'inlari mobaynida xam davom ettirilishi ham ko'zda tutilgan. SHuning uchun bugungi kunda futbolchilarimizda aytarlik charchoq alomatlari yuq desam ham bo'ladi, agarda siz biror narsani sezgan bo'lsangiz bu faqat davra oraligidagi tatilni kutayotgan futbolchi holati, xolos. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki futbolchilar birinchi davra tugashini emas, balki ikkinchi davra boshlanishini kutishmoqda.

- Jamoamizning etakchi hujumchisi Aleksandr SHadrinni bir oy muddat davomida maydonda ko'rmadik. Uning xozirgi axvoli qanday? Qachon uni yana maydonda ko'ramiz?

- SHadrin may oyining oxirlarida appendoektomiya (mual.ko'richak olib tashlanishi) jarrohlik muolajasini o'tkazdi va to'lik iyun oyi davomida davo-reabilitaciya bosiqichini o'tkazdi. Sasha 1-iyuldan yakka tartibda mashg'ulotlarni boshladi va xammasi rejadagiday bulsa 2- davra oldi o'quv mashg'ulotlar yig'inlarini jamoa bilan birgalikda to'laqonli o'tkazadi degan umiddamiz.

- Bunyodkor klubi bilan bo'lib o'tgan Toshkent Derbisida Salim Mustafoev birinchi bo'limni o'zida jarohati sabab almashtirildi. Uni olgan jarohati jiddiy emasmi?


- O'sha o'yinda Salim olgan jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi. Keyingi o'tkazilgan tekshiruv natijalari uning jaroxati jiddiy emasligini ko'rsatdi va Salim xam jamoamizning 2- davra oldi o'quv mashg'ulotlar yig'inlarida jamoamiz safiga kushiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика