So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Abror Ismoilov - Yozyovon tumani, Odil Ahmedov va "Real Madrid" haqida Yangiliklar

Abror Ismoilov - Yozyovon tumani, Odil Ahmedov va "Real Madrid" haqida

Ayni vaqtda Superliga ishtirokchisi "Surxon" jamoaning ayrim futbolchilariga qisqa muddatli tatil bergan.

Biz Farg'ona viloyatida jamoaning yosh umidli futbolchisi Abror Ismoilovni uchratib qoldik va u bilan intervyu tashkil etdik. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Futbolga qanday kirib kelgansiz?

Futbol o'ynashni bolaligimdayoq boshlaganman. Futbolchi bo'lib etishishimda ko'plab murabbiylarning hissasi katta deb o'ylayman. Yozyovon tumanida futbolni juda yaxshi ko'rishadi, bolaligimda viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda bir necha bor ishtirok etganman. 2013 yilda Farg'ona olimpiya zahiralari sport kollejiga o'qishga kirdim. 2014 yilda "Yozyovon-Lochinlari" jamoasida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etdim va mavsum yakunida o'sha vaqtdagi Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritganmiz. Katta futboldagi dastlabki saboqlarimni Salimjon Zokirov, Abdusamad Do'rmonov, Islom Ismoilovlardan olganman va ulardan doim minnatdorman. 2015 yili "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi safida Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etdim. 2016 yilda Farg'onaning "Neftchi" jamoasi tarkibiga borib qo'shildim.

"Surxon" jamoasiga borib qo'shilingiz haqida...

"Surxon" jamoasida mavsum avvalida borib qo'shildim. Jamoada ichki muhit alo darajada, barcha futbolchilar o'rtasida do'stona muhit shakllangan. "Surxon" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoa, tarkibda tajribali futbolchilar ko'p. Superliga uchrashuvlarida ishtirok etib, tajriba to'plab bormoqdaman.



O'zbek futbolidagi kumiringiz kim?

O'zbekistonda men havas qiladigan iqtidorli futbolchilar ko'p. Kumirim - Odil Ahmedov

Qaysi xorij futbol klublariga muxlislik qilasiz?


Xorij futbol klublaridan "Real Madrid" ishtirokidagi o'yinlar menga yoqadi. Bu jamoaning har bir chizig'ida raqobat juda kuchli, maydonga eng kuchlilar tushiriladi. Umuman olganda "Real Madrid" jamoasi ishtirokidagi o'yinlardan zavq olaman.

O'zbek futbol muxlislariga tilaklaringiz...


Futbol muxlislariga birinchi navbatda bizni qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga shuni aytgan bo'lardim-ki, stadionlarda muxlislar bor ekan, bu bizga qo'shimcha zavq va ishtiyoq beradi. Biz har doim futbol muxlislarini xursand qilish uchun futbol o'ynaganmiz va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика