Abraxam shikastlandi
23 dek 2021 22:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/674704_original.jpg)
![](/upload/storage/674704_220.jpg)
Abraxam shikastlandi
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam A Seriya 19-turi doirasida "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat oldi.
24 yoshli angliyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida jarohat olib, 47-daqiqada Feliks Afena-Gyan bilan almashtirildi.
"Men faqat qonni ko'rdim, boshqa hech narsaga ko'zim tushmadi. Menimcha, jarohat jiddiy emas, ammo Temmi o'zini yaxshi his qilmayapti", – dedi rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu.
Abraxam A Seriya joriy mavsumida 17 o'yinda 6 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar