Abraxam: "Angliyaga qaytishga shoshilmayapman"
03 avg 2022 00:14
Yangiliklar
Angliya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Temmi Abraxam Angliya Premer-ligasiga qaytish ehtimolini baholadi.
"Roma"ga kelganimda birinchi kundanoq o'zimni uydagidek qulay his qildim. Premer-ligaga qaytishga shoshilmayapman, chunki bu erda o'z o'yin uslubimni ko'rsatib berish men uchun ancha oson.
Italiyada meni qattiq hurmat qilishadi. Ishoning, men hozir kelajak haqida gapirmayapman, faqat hozirgi kun haqida o'ylamoqdaman. Faqat yaqinlashib kelayotgan mavsum haqida bosh qotiryapman, chunki men unda avvalgisidan ham muvaffaqiyatliroq o'ynashni xohlayman", – dedi Abraxam.
Angliyalik futbolchi 2021/2022 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "CHelsi"dan "Roma"ga 40 million evro evaziga o'tgan edi. "CHelsi" Abraxamni 80 million evroga qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega.
Fikrlar