Abramovichdan sankciyalarga o'ziga xos javob
22 mar 2022 17:11
Yangiliklar
Abramovichdan sankciyalarga o'ziga xos javob
Roman Abramovich "CHelsi"ning amerikalik va britaniyalik investorlarga sotilishiga qarshilik qilishi mumkin.
Manbaaning xabar berishicha, Abramovich klubni rossiyalik oligarxlarga qarshi sankciyalar joriy etgan mamlakat vakillariga sotilishiga o'ziga xos taqiq qo'yib qo'yishi mumkin.
Saudiyaliklar "CHelsi"ni 2,66 milliard funtga sotib olish borasida taklif jo'natgan. Bu AQSH yoki Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda, eng katta taklif hisoblanadi. Biroq Buyuk Britaniya hukumati klubni saudiyaliklarga sotilishiga qarshi chiqishi mumkin, bunga mahalliy jamoatchilikning avvalroq "Nyukasl" boshqaruvi aynan Saudiya Arabistoni vakillariga o'tganiga bo'lgan munosabati sabab.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar