So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

Abramovga savol bor Yangiliklar

Abramovga savol bor

O'tgan haftaning eng mashhur kishilaridan biri Vadim Abramov bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi saytimiz ofisiga tashrif buyurib, "Tezkor studiya" loyihasi mehmoni bo'ldi, shuningdek AlterEgo dasturida ham chiqish qildi. 

Abramov juda gapga chechan va gap bilan engish oson emas. Unda har bir savolga javob bor. Har qanday vaziyatdan chiqib ketishni va har qaysi holatda o'zini oqlab olishni yaxshi biladi.

Intervyuni ko'rar ekanman, Abramov aytgan ko'p gaplar men uchun yangilik bo'lmadi. Faqat bitta gapi etiborimni ko'proq tortdi. Yani, terma jamoaning yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmaganiga PFLni ham aybdor qilgani. 

Xususan Vadim Karlenovich PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev haqida shunday degan: "U doim Angliya futbolini namuna qilib ko'rsatadi, Angliyadan o'rnak olishimiz kerak deydi, o'zi esa umuman Angliyada bo'lmagan". 

Endi savol, Angliya futbolini yaqindan bilish uchun Angliyaga borish shartmi? Biz internet zamonida yashayapmiz, internetdan istalgan axborotni topsa bo'ladi, biror bir davlat futbolni rivojlantirish uchun qo'llagan dasturlar ham bor. Buning uchun ko'ch-ko'ronni yig'ishtirib Angliya, Italiya yoki Germaniyaga borish shart emas. 

Bu birinchidan. Ikkinchidan, terma jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rishi uchun PFL qo'ldan kelgan hamma ishni qildi. Xususan o'tgan yilning avgustida FIFA koronavirus sabab kuzdagi barcha FIFA kunlarini bekor qildi, rasmiy va o'rtoqlik o'yinlarini to'xtatib qo'yildi. Lekin biz sentyabrda ham, oktyabrda ham va noyabrda ham yig'in o'tkazdik. 

Axir Siz emasmi, menga yig'inlar kerak deb turib olgan. PFL aytaylik, chempionat va Kubok o'yinlarini sovuqqa qoldirmay vaqtliroq tugatib olishi ham mumkin edi. Lekin u payt hech kim Sizga qarshi bormadi, milliy jamoa bosh murabbiyining aytgani bo'la qolsin deyishdi.

Yoki bo'lmasa shu yilni olaylik. Guruhimizdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni 1 iyundan mashg'ulotlarni boshladi. Siz esa terma jamoani 10 kun oldin - 20 maydan yig'ib, futbolchilarni toqqa olib chiqib ketdingiz. Yani, barchasi Siz o'ylagan reja asosida kechdi. Terma jamoa birinchi o'rinda bo'lgani uchun yana hech kim Sizga qarshi bormadi. 

Vaholanki, PFL may oyida FIFA kunlari yo'q deb oxirgi 10 kunlikda ham bitta turni o'tkazib yuborsa bo'lardi. Evropada hatto manaman degan jamoalar ham FIFA kunlari bo'yicha ish ko'radi. Hatto o'sha Angliyada ham. FIFA kunlari bo'lmagan kunlarda qani inglizlar murabbiyi terma jamoani yig'ib ko'rsin-chi, qaysi klub o'z futbolchisini qo'yib yuboradi? Hech biri bermaydi. Lekin bizda terma jamoa manafaati deyilsa, chempionat kerak bo'lsa bir oy to'xtab turadi. 

Gap bu erda PFLning yonini olish emas, balki ularning ham mehnatini qadrlashda. Masalan, o'tgan yil chempionat, Kubok, U-21, U-18 birinchiliklari, ayollar va futzal musobaqalari kuz oylariga kelib butunlay to'xtatib qo'yilganida ham hech kim miq etmasdi. CHunki vaziyat juda jiddiy edi. Axir ko'p davlatlarda futbol umuman o'ynalmaganini ko'rdik-ku. 

Lekin PFL vaziyatdan chiqib keta oldi: terma jamoa uchun ham kun ajratdi, kerak bo'lsa barcha musobaqalarni yangi yilga qoldirmay yakunlab oldi. Faqat futzal bundan mustasno, chunki futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati kuz-bahor tizimi bo'yicha o'tkazildi. SHunday ekan, bu erda PFLni va uning xodimlari-yu rahbarini ayblash butunlay asossiz. Hamma ayb Sizning o'zingizda. Sizga 40 kunlab muhlat berilsa ham terma jamoani keyingi bosqichga olib chiqa olmadingiz. 

SHu o'rinda Sizga savol bor: adashmasam, murabbiylik sohasida 30 yillik ish stajiga egasiz. Bu orada bir nechta klublar va terma jamoalarda ishladingiz. Lekin shu vaqt oralig'ida qaysidir mamlakatga borib malaka oshirib keldingizmi? Umuman qaysi murabbiylarning ishini yaqindan kuzatasiz? O'zbekiston kimdan o'rnak olishi kerak, bizga qaysi davlat futboli mos tushadi: Angliyami, Italiyami, Germaniyami, Ispaniyami - mana shu savollarga javob bera olasizmi? 

Bilamiz, Sizda Pro licenziyasi bor, lekin licenziyani qo'lga kiritgach, o'z mahoratingizni yanada oshirish, o'zbek futboliga yangilik olib kirish uchun nimalar qildingiz? Misol uchun Tachmurod Agamurodov bir chiziqli himoyani olib kirganini bilamiz. Siz qanday uslubni tadbiq qilgansiz? 2011 yilgi Osiyo Kubogi - bu tarix. Oradan 10 yil o'tdi. Mana shu o'n yil ichida bironta mashhur murabbiy yonida yurib ish o'rgandingizmi? Axir buning uchun imkoniyat bor edi-ku.

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика