Abramov terma jamoaga Bunyodkorning yana bir vakilini jalb etdi
07 okt 2019 17:19
Yangiliklar
Abramov terma jamoaga Bunyodkorning yana bir vakilini jalb etdi
O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida yangi futbolchi shug'ullanmokda.
Biroz avval terma jamoa lagerini to'rt nafar futbolchi tark etgani haqida xabar bergan edik.
Abramov terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgan Odil Hamrobekov, Oston O'runov, Dilshod Ahmadaliev va Jasur Yaxshiboevni yakuniy ro'yxatga kiritmadi.
Bugun mashg'ulotni Jar stadionida o'tkazayotgan milliy jamoa tarkibida «Bunyodkor» qanot himoyachisi Sanjar Qodirqulov paydo bo'lgan. Qodirqulov bugun tark etgan qanot himoyachisi Ahmadaliev o'rnini to'ldirdi.
SHu tariqa milliy jamoamiz 25 nafar futbolchi bilan to'liq tarkibda Yaman va Singapurga qarshi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Fikrlar