So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  19 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Abramov Qosimovdan revansh oladimi? Saytimiz xodimlaridan bugungi o'yin uchun ajoyib taxminlar Yangiliklar

Abramov Qosimovdan revansh oladimi? Saytimiz xodimlaridan bugungi o'yin uchun ajoyib taxminlar

Superliga 16- turidan o'rin olgan “Bunyodkor” hamda AGMK jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv turning markaziy uchrashuvi hisoblanadi.

Bugun biz nafaqat jamoalar balki murabbiylar o'rtasidagi ajoyib qarama qarshilik guvohi bo'lamiz. Yani bunda Abramov va Qosimov nomlari o'zaro kuch sinashishadi.

Nazariy jihatdan AGMK jamoasida ustunlik bor. Aniqrog'i, tarkibdagi futbolchilarning tajribasi, mahoratli legionerlar hamda taktik tomondan Abramovga muammo tug'dirishi kutilayotgan Mirjalol Qosimov jamoasida qisman ustunlik mavjud. Qosimov shogirdlari barcha o'yinlarda ohirigacha kurashmoqda va gol o'tkazib yuborgan taqdirda ham vaziyatni o'nglay olishmoqda. Olmaliqliklar to'rt turdan beri g'alaba nimaligini bilmayapti va raqiblariga muhim bo'lgan ochkolarni ulashmoqda. Boz ustiga bu ikki jamoaning turnir jadvalidagi ochkolar o'rtasidagi farq bittani tashkil qilmoqda. Bu esa o'z o'zidan uchrashuvga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Mirjalol Qosimov futbolchilarini bugungi bahsga jangovar tarzda tayyorlaganini kutish mumkin. G'alaba esa ikki jamoaga ham kerak. 

“Bunyodkor”ni esa ichki muammolar hamon qiynab kelmoqda. SHunda ham Abramov shogirdlari maydonga chiqib o'z ishlarini alo darajada bajarmoqda. “Qaldirg'ochlar” 10ta o'yindan beri mag'lub bo'layotgani yo'q. Agarda bugun “Bunyodkor” g'alaba qozonadigan bo'lsa ikkinchi o'ringa chiqib olishadi va bu qaysidir manoda futbolchilarga navbatdagi o'yinlarda ruhiy ustunlik beradi. Lekin, bu jamoalarning so'ngi o'yinlardagi natijalari tarozi pallasi Qosimov tomonda ekanligini ko'rsatmoqda. Ohirgi uchta uchrashuvning barchasida olmaliqliklar g'alaba qozongan. Biroq, hozir vaziyat boshqacha. Futbol kutilmagan natijalari bilan qiziq, unda siz istamagan holatlar ham bo'lib turadi. So'zimni shu erda yakunlab saytimiz xodimlarining bugungi qiziqarli va shiddatli o'tishi kutilayotgan uchrashuvga bildirgan taxminlarini etiboringizga havola etaman.

Kamoliddin Alimov(qo'shni mahalla olamsport.com bosh muharriri, samimiy inson) - To'rt oydan beri maosh olmay kelayotgan "Bunyodkor" jamoasi futbolchilari mardonavor o'yin namoyishda davom etmoqda. Klub so'nggi bor 19 iyun kuni "Paxtakor"ga imkoniyatni boy bergan. O'shandan beri Abramov jamoasi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Durang ko'payib ketmaganida "Bunyodkor" hozir AGMKdan turnir jadvalida yuqoriroqda joylashgan bo'lar edi. Lekin bugun bu ishni amalga oshirish imkoniyati bor. Jamoalarni bir ochko ajratib turibdi. Ular jadvalda yonma-yon borishyapti. Bugungi o'yindan keyin jamoalarning o'rni katta ehtimol bilan almashib qolsa kerak. AGMK ikkinchi davrada ochko ulashuvchi rolini "ijro" etmoqda. Xullas, bugungi uchrashuvda "Bunyodkor"ning imkoniyati yuqoriroq va jamoa minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak. Darvoqe, birinchi davrada AGMK 2:0 hisobida zafar quchgan edi. O'shanda gollardan biriga mualliflik qilgan Xojimat Erkinov esa "Paxtakor"ga qaytgan.

Narzulla Saydullaev(bir so'z bilan aytganda saytimiz motori, ajoyib ish boshqaruvchi) – Qisqa va lo'nda fikr bildiraman. Qiziqarli o'yin kechishi shubhasiz. “Bunyodkor” o'z maydonida mag'lub bo'lmayapti. Menimcha 1:1 hisobidagi durang qayd etilsa kerak.

Jahongir Fayzullaev,  (Saytimizning fotografi) – Bugungi o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, AGMK jamoasiga ko'z tegdi deb o'ylayman. Albatta, bu jamoalarni taqqoslash noto'g'ri. Lekin, AGMK ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshladi. Olmaliqliklarning mag'lubiyatsiz seriyasi Bekobodda barham topdi. O'tgan turda esa so'ngi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi. “Bunyodkor” jamoasi esa barqaror o'yin namoyish etmoqda. Abramov jamoasida tiki-takani ajoyib tarzda yo'lga qo'ygan. Ammo, statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak Qosimov Abramovdan ancha ustunligini ko'rishimiz mumkin. Fikrimcha, AGMK katta bo'lmagan hisobda yutadi. Ushbu o'yin ko'p narsani hal qilib beradi. 

SHerzod Nurmatov(“Futbol retro talqinda” loyihasining muallifi, talaba) - CHempionat davomida faqat ikki marta yutqazgan poytaxt jamoasiga qarshi turnir mobaynida bor-yo'g'i bir marta mag'lub bo'lgan poytaxt viloyati jamoasi saf tortadi. SHubhasiz, maydonda jang ko'ramiz. chunki bugun shunchaki o'yin emas, balko Abramov-Qosimov qarama-qarshiligi guvohiga aylanamiz. Taxminimcha, uchrashuvda olmaliqliklar bitta to'p farqi bilan g'olib chiqadilar.

Nig'monxo'ja Nozimov(“Bunyodkor” ishtirokidagi o'yinlarda raqib g'alabasini kutadigan, qo'shni mahalla olamsport.com saytining mehnatkash xodimi) - Bugungi uchrashuv birinchi davradagi singari AGMKning g'alabasi bilan yakunlansa kerak. Sababi jamoa so'nggi to'rtta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti. SHuningdek, Qosimov Abramov boshqaruvidagi jamoalariga qarshi qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. Menimcha, kichik hisob bilan olmaliqliklarning qo'li baland keladi.

Fahriddin Ro'ziev(“Milan”ning g'alabalaridan ruhlanib tatilda kuch to'playotgan ijodkor) - Murabbiylar uchun principial ahamiyatga ega bo'lgan bahs. Jamoalarning turnir jadvalida yonma-yon borayotgani ham g'alaba qiymatini oshiradi. SHu tufayli bahs keskin va murosasiz o'tadi. Yakunda Qosimov shogirdlari minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak.

SHunisi aniqki, bugungi o'yindan faqat muxlislar yutadi. Ikki jamoa ham hujumkor va ochiq futbol ko'rsatadi, ikki jamoa ham g'alabaga chanqoq tarzda maydonga chiqadi. Futbolimizdagi shaxslar uchrashuvida g'alabani kim o'z tomoniga og'dirishini esa o'yin davomida bilib olamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика