So’nggi yangiliklar

09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  1 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  8 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  3 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  13 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1

Abramov O'zbekiston Superkubogida Qosimovga yutqazganini eslay olmadi Yangiliklar

Abramov O'zbekiston Superkubogida Qosimovga yutqazganini eslay olmadi

Kechagi Superliga doirasidagi "Bunyodkor" hamda AGMK o'rtasidagi o'yindan keyin "qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov jurnalist tomonidan Qosimov bilan o'zaro qarama-qarshiligi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

- Abramov & Qosimov qarama-qarshiligida hozircha 6 g'alaba Qosimov tomonida, siz esa faqat bir bor g'alaba qozongansiz. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Demak Qosimovni tabriklash kerak. Yaqinda rekord qo'yadi. Bu statistikani qaerdan olishlarini bilmayman. Mayli, shunday bo'laqolsin. Hech qanday muammo yo'q. Bilishimcha, statistikani katta qismi men "Neftchi"ni boshqargan paytimga to'g'ri keladi. O'shanda adashmasam kubok va chempionatda o'ynagandik. Deyarli 3 g'alaba bo'ldi. Joriy yil Liga Kubogida o'ynadik, yana bir g'alaba. Va chempionatda. SHunda 5-1 bo'lyaptimi? Bunga qadar hech boshqa o'ynamagan ekanmizda? Balki eslaridan chiqib qolgandir. 


- O'zbekiston Superkubogida ham to'qnash kelgansizlar va Qosimov yutgan...

- Eslolmayapman. "Lokomotiv" meni boshqaruvimda Superkubokda o'ynaganmi? Xotiram yanglishmayotgan bo'lsa, men "Paxtakor" bilan Superkubokda o'ynaganman. Yana qandaydir o'yin bo'lgandir balki, men bilmadim.



P.S. Vadim Abramov "Lokomotiv" boshqaruvida 2014 yilgi mavsum avvalida "Bunyodkor" bilan Superkubokda to'qnash kelgan va o'shanda Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" "temiryo'lchilar"ni mag'lub etgandi.

Qosimov va Abramov qarama-qarshiligida mazkur mutaxassislar jami 7 marotaba to'qnash kelishgan va unda 6 g'alaba Qosimovga tegishli bo'lsa, bir yutuqni Abramov qo'lga kiritgan.

Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" rulida Abramov boshqaruvidagi "Loko"ni, keyinchalik ikki bor "Neftchi"ni mag'lub etgan. Joriy mavsumda esa AGMK boshqaruvida Abramov boshchilik qilayotgan "Bunyodkor"ni har uchala musobaqa - Superliga, Liga Kubogi va O'zbekiston kubogida dog'da qoldirdi. Vadim Abramov esa Mirjalol Qosimovni birinchi davrada "Bunyodkor" bilan AGMKni Olmaliqda o'tgan bahsda mag'lub etgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика