Abramov "Bunyodkor"dan ketadi
30 noy 2020 19:16
Yangiliklar
Abramov "Bunyodkor"dan ketadi
28 noyabr kuni O'FA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda bir qator masalalar kabi terma jamoalar masalasi ham ko'rib chiqildi. Ijroiya qo'mita qaroriga muvofiq kelasi yildan O'zbekiston milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylarining faqat terma jamoada ishlashi shart qilib qo'yildi.
Bu degani Vadim Abramov keyingi yil "Bunyodkor"ni boshqara olmaydi va faqat milliy jamoada ishlaydi. O'z navbatida Ravshan Haydarov ham "Surxon"dan ketib faqat U-22 jamoasi bilan mashg'ul bo'ladi. Bugungi kunda "Lokomotiv"da faoliyat olib borayotgan Timur Kapadze ham yil so'ngida klub bilan xayrlashib, bor etiborini O'zbekiston U-19 terma jamoasiga qaratadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar