Abidal faoliyatini "Lion"da davom ettirishi mumkin
19 apr 2020 23:37
Yangiliklar


Abidal faoliyatini "Lion"da davom ettirishi mumkin
"Barselona" sport direktori Erik Abidal "Lion"da ish boshlashi mumkin.
Abidalni "Lion"ga klubning hozirgi sport direktori Juninyu taklif qilmoqda, deb xabar berdi "RMC Sport".
Abidalning yakuniy qaroriga yaqina "Barselona" sardori Lionel Messi bilan yuzaga kelgan tortishuvlar tasir o'tkazishi mumkin.
"Barselona"da ichki mojaro boshlandi. Messi "Instagram"da Abidalning gaplariga javob qaytardi
SHuningdek, kelasi mavsum oxirida Kataloniya klubda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Yangi rahbariyat katta ehtimol bilan o'z tarkibini shakllantiradi va Abidal boshqa klub izlashga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Abidal "Barselona"ga qadar 2004-2007 yillarda "Lion" sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar