Abidal “Barselona”ga qaytdi
08 iyu 2018 01:13
Yangiliklar


Abidal “Barselona”ga qaytdi
“Barselona” rahbariyati jamoa texnik direktori Robert Fernandes bilan shartnomani uzaytirmadi.
Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra, uning o'rnini jamoaning sobiq himoyachisi Erik Abidal egallaydi.
“Klub Roberto Fernandesga o'z minnatdorchiligini bildiradi va uning kelajakdagi ishlariga omad tilaydi. Asosiy jamoaning yangi texnik direktori Erik Abidal bo'ladi. U 18 iyuldan boshlab rasman yangi lavozimda ishga kirishadi”, deya xabar bermoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati.
Abidal 2007 yildan 2013 yilga qabar “Barselona” tarkibida to'p tepgan. 38 yoshli francuz 2014 yilning dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlanganligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar