Abduxoliqov shartnoma imzolash uchun uchib ketdi
05 fev 2014 11:30
Yangiliklar

Abduxoliqov shartnoma imzolash uchun uchib ketdi
Bugun Toshkent - Istanbul - Anqara yo'nalishi bilan Temurxo'ja Abduxoliqov Turkiyaning Anqara shahriga uchib ketdi.
U erda futbolchimiz Xorvatiyaga kirish huquqini beruvchi vizani olib, Split shahriga uchadi va yangi jamoasi "Xayduk" bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchining agenti 3 fevral kuni "Xayduk" rasmiylari bilan uchrashgan. 4 fevral kuni esa barcha hujjatli masalalarga yakuniy nuqta qo'yildi. FIFA qoidalariga ko'ra 23 yoshga to'lmagan futbolchi erkin agent maqomida bo'lsada, uning yangi klubi malum bir miqdorda "Paxtakor"ga pul tushirib beradi.
Quvonarlisi shundaki, JCH-98 bronza medali sohibi bo'lgan Igor Tudorning shahsan o'zi futbolchimizni jamoada olib qolish niyatida ekanligini aytib o'tgan edi.
"Qisqa fursat davomida bo'lsada meni o'zlariga yaqin olgan o'zbekistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Ishonchingizni Evropa maydonlarida ham oqlashga harakat qilaman", - deydi Temurxo'ja uchib ketish oldidan.
Biz ham saytimiz va uning o'quvchilari nomidan Temurxo'ja Abduxoliqovga yorqin kelajak tilaymiz!

Fikrlar