Abdusamad Do'rmonov: "Yosh futbolchilar bunday o'yinlar orqali o'sishga erishadi"
13 okt 2020 18:38
Yangiliklar


Abdusamad Do'rmonov: "Yosh futbolchilar bunday o'yinlar orqali o'sishga erishadi"
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan"(1:2) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinimiz o'xshamadi. Pro liga ikkinchi sentyabrdan restart olgan bo'lsa, shundan beri harakat qilmoqdamiz. Har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rib kuchli ishtiyoq bilan o'ynayotgan edik. Bugun shu narsa bizda kamlik qildi. Bu - futbol, o'zimiz yaratgan havli vaziyatlardan foydalana olmadik. "SHo'rtan" yo'q joydan ikki marotaba qarshi hujumlarda jazoladi. Futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q, maydonda borini berishdi.
Hali umid yo'qotilgani yo'q. Yoshlar shunday o'yinlar orqali o'sishadi. Futbolchilarni almashtirmoqdamiz, ularning ko'plari o'yin tonusida emasdi. Harakat qildik, g'alaba uchun maydonga tushgandik. Bu o'yin, shunday bo'lib qoldi. Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar yaratdik. Lekin, urolmadik",- deydi Do'rmonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar