Abdusamad Do'rmonov: "Uchrashuv tugashi bilan navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshlash kerak"
24 apr 2019 21:22
Yangiliklar
Abdusamad Do'rmonov: "Uchrashuv tugashi bilan navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshlash kerak"
A Pro-Liga 4-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “Iftixor” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov quyidagicha fikrlarni bildirdi.
Uchrashuv yakunlandimi, g'alaba qozondikmi, tamom buni unutish kerak. Sababi oldimizda hali ko'plab qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. “Neftchi”da ilgari xuddi shunaqa edi. O'yinni o'tkazib bo'ldingmi, tugadimi, demak shu daqiqadan boshlab keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashing kerak, vaqt kutib turmaydi, hozirgi yosh futbolchilarga mana shu kayfiyatni, g'oliblik ruhiyatini singdirishimiz kerak.
Bugun mezbon maqomida uchrashuv o'tkazdik. Biz uchun safardagi o'yinmi, uydami, barchasida g'alaba uchun maydonga tushimiz kerak. “Neftchi”ning avvalgi maqomini tiklash uchun harakat qilishimiz, ishlashimiz lozim.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
“Neftchi” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Fikrlar