So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  16 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Abdusamad Do'rmonov: "SHoshilmaylik, oldinda hali ikkita o'yin bor" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "SHoshilmaylik, oldinda hali ikkita o'yin bor"

PRO-Liga 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Abdusamad aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Menimcha yigitlar o'tgan o'yindan so'ng jismoniy jihatdan tiklanishga ulgurishmadi. Birinchi bo'limda ko'p samarasiz vaziyatlar bo'ldi, bu borada yigitlarga ko'p tushuntirmoqdamiz. Tanaffusda bu borada ko'rsatmalar berdik, futbolda asosiysi bu muvaffaqiyatli uzatmalar hisoblanadi. Yaxshi uzatma bo'lsa, to'p vaqtida etkazib berilsa, jamoaning o'yini yaxshi chiqaveradi. Tushunaman, natija uchun o'ynadik, muhimi g'alaba qozondik, yigitlarga rahmat.

- Jamoa 2-3 kun ichida yana o'yin o'tkazadi. SHu vaqt ichida yigitlar tiklanishga ulguradimi?

- Ayni shu masalani aytib o'tayapmiz. Asosiysi futbolchilarning tiklanishi. Oldimizda ikkita o'yin bor, mavsumni yaxshi darajada tugatish uchun harakat qilamiz.

- "Neftchi" Superligaga chiqadigan bo'lsa, tarkibga yangi futbolchilar jalb etilishi mumkinmi?

- SHoshilmaylik, hali vaqt bor. Oldimizda ikkita o'yin turibdi.

- Aytaylik, boshqa jamoalardan tarkibga jalb etish uchun ko'z ostingizga olib yurgan futbolchilar bormi?

- Selekciya doim bo'ladi, mos futbolchilarni kuzatib yuramiz albatta. Avval mavsumni tugatib olaylik, oldimizdagi vazifani bajaraylik, shundan so'ng yangi mavsum haqida o'ylashni boshlaymiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика